وَهُوَ ٱلَّذِىٓ أَرْسَلَ ٱلرِّيَـٰحَ بُشْرًۢا بَيْنَ يَدَىْ رَحْمَتِهِۦ ۚ وَأَنزَلْنَا مِنَ ٱلسَّمَآءِ مَآءً طَهُورًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U O`z rahmati oldidan shamollarni xushxabar qilib yuborgan Zotdir. Va osmondan pok suv tushirdik.У Ўз раҳмати олдидан шамолларни хушхабар қилиб юборган Зотдир. Ва осмондан пок сув туширдик.Alauddin Mansour: U Oʻz rahmatining (yaʼni, yomgʻirning) oldidan xushxabar qilib shamollarni yuborgan Zotdir. Va osmondan pok suv yogʻdirdik.У Ўз раҳматининг (яъни, ёмғирнинг) олдидан хушхабар қилиб шамолларни юборган Зотдир. Ва осмондан пок сув ёғдирдик.
Oqar suvi yoʻq sahroviy yurtlarning odamlari ushbu oyati karimaning maʼnosini hammadan koʻra yaxshi tushunsalar kerak. Bir tomchi ham oqar suv yoʻq. Quyosh olamni olovday qizitadi. Hammayoq qaqragan. Hamma chanqagan. Ana shu paytda shamol esib qolsa, hamma xushnud boʻladi. Chunki, bu shamol yomgʻirning darakchisi. Yomgʻirning emas, Alloh rahmatining xushxabarchisi. Bir tomchi suvga zor boʻlib turgan bu diyor uchun, darhaqiqat, Alloh yuborgan shamol Uning rahmatining xushxabari boʻladi. Alloh yogʻdiradigan yomgʻir oʻsha diyor ahli uchun Uning rahmatidir.
Oʻmgʻir yogʻishi bilan oʻsha yurt tiriladi. Avvalo, qaqrab yotgan yer oʻlikdan tirikka aylanadi. Soʻngra, qurib borayotgan daraxtlar va oʻsimliklarga jon kiradi. Dunyo butunlay boshqacha koʻrinib qoladi. Ayniqsa, hayvonlar oʻzlariga kelib, tashnaliklari qonib, harakatga tushib qoladilar. Albatta, hammadan koʻra inson yayraydi, Allohning rahmatidan gʻoyatda shod boʻladi. Chunki, yomgʻir yogʻishi uning rizqi moʻl boʻlishiga, ayni paytda tanasining bu dunyoda bir oz boʻlsa-da rohat olishiga sabab boʻladi. Shuning uchun ham, u, Alloh osmondan tushirgan pok suvdan gʻoyat shodlanadi. Ayniqsa, Makka aholisi bunday narsadan juda ham shod boʻlar edilar.
Ammo, Alloh oʻsha pok suv tushirgan osmondan pok soʻz tushirganida xursand boʻlmadilar. Bu haqda Alloh taolo kelasi oyatda shunday deydi: