وَهُوَ ٱلَّذِى جَعَلَ لَكُمُ ٱلَّيْلَ لِبَاسًا وَٱلنَّوْمَ سُبَاتًا وَجَعَلَ ٱلنَّهَارَ نُشُورًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U siz uchun kechani libos, uyquni istirohat qilgan va kunduzni tirilish (zamoni) qilgan Zotdir.У сиз учун кечани либос, уйқуни истироҳат қилган ва кундузни тирилиш (замони) қилган Зотдир.Alauddin Mansour: (Alloh) sizlar uchun kechani libos, uyquni orom qilib qoʻygan, kunduzni esa (sizlar uchun) qayta tirilish qilgan Zotdir.(Аллоҳ) сизлар учун кечани либос, уйқуни ором қилиб қўйган, кундузни эса (сизлар учун) қайта тирилиш қилган Зотдир.
Yaʼni, Alloh taolo siz uchun kechani libos qilgan zotdir. Libos tanani toʻsganidek, kecha ham oʻzi yetgan joydagi hamma narsalarni zulumoti ila toʻsib, koʻrinmaydigan qilib qoʻyadi.
«...uyquni istirohat qilgan...»
Har bir jonzot, shu jumladan, inson uchun ham uyqu eng muhim rohatdir. Uyqu boʻlmasa, rohat boʻlmaydi. Olimlarning taʼkidlashlaricha, inson ovqatsiz och yurishga uzoq muddat, tajribaga koʻra, 40-50 kun chidar ekan. Ammo uyqusizlikka chiday olmas ekan. Shuning uchun ham, kechasi, shuningdek, inson umrining uchdan biridan koʻprogʻi uyqu bilan oʻtadigan qilingan. Xoʻsh, kechani libos, uyquni rohat qilgan kim? Alloh! Bu narsa Allohning cheksiz qudratiga dalil emasmi?
«Va kunduzni tirilish (zamoni) qilgan Zotdir.»
Kechasi uxlab rohat olganlar kunduzi tirilib rizqini topib yeydi, kerakli ishlarini qiladi. Buni ham Alloh taolo Oʻz qudrati ila qilgan. Boshqa hech kim qila olmaydi.