وَلَقَدْ صَرَّفْنَـٰهُ بَيْنَهُمْ لِيَذَّكَّرُوا۟ فَأَبَىٰٓ أَكْثَرُ ٱلنَّاسِ إِلَّا كُفُورًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Batahqiq, Biz u(Qur'on)ni eslatma olishlari uchun oralarida turlicha tasarruf qilib ko`rdik. Odamlarning ko`plari kufrdan boshqa narsadan bosh tortdilar.Батаҳқиқ, Биз у(Қуръон)ни эслатма олишлари учун ораларида турлича тасарруф қилиб кўрдик. Одамларнинг кўплари куфрдан бошқа нарсадан бош тортдилар.Alauddin Mansour: Va u (suvni) eslatma olishlari uchun (odamlar) orasida taqsimlab qoʻydik, (ammo) odamlarning koʻplari faqat kufroni neʼmat qilishnigina istadilar.Ва у (сувни) эслатма олишлари учун (одамлар) орасида тақсимлаб қўйдик, (аммо) одамларнинг кўплари фақат куфрони неъмат қилишнигина истадилар.
Avvalo, shuni aytib oʻtish lozimki, tafsirchi ulamolarimiz ushbu oyatdagi:
«Biz u(Qurʼon)ni eslatma olishlari uchun oralarida turlicha tasarruf qilib koʻrdik» jumlasidagi «uni» lafzi nimani bildirishi haqida har xil fikr aytganlar. Baʼzilar, «uni» yomgʻir yoki shamolni bildiradi, deydilar. Boshqalar esa, «uni» deganda Qurʼon nazarda tutilgan, deydilar. Biz ham ushbu ikkinchi guruhga qoʻshildik. Chunki, soʻzning ketish siyoqi shuni taqozo qiladi. Keyingi oyatda har bir shaharga ogohlantiruvchi yuborilganligi aytilsa, undan keyingisida «u» bilan jihod qilish haqida amr keladi. Buning oʻzi ham «uni»dan murod Qurʼon ekanini koʻrsatadi.
Ayni choqda, bu oʻrinda ajoyib oʻxshatma ham bor. Alloh osmondan pok suv tushiradi. Alloh osmondan pok soʻz (Qurʼon) tushiradi. Alloh osmondan tushirgan pok suvi ila oʻlik diyorlarni tiriltiradi, chanqoq hayvon va odamlarni sugʻoradi. Alloh osmondan tushirgan pok soʻzi bilan maʼnaviy oʻlik xalqlarni tiriltiradi, ruhiy chanqoqlarni, tashnalarni ruhiy-maʼnaviy taʼlimotlar ila sugʻoradi.
Nima uchun odamlar besh kunlik hayotlarining bir qismiga tegishli suvdan xursand boʻladilar-u, ikki dunyolarining saodatini taʼminlovchi ilohiy kalom–Qurʼon tushishidan xursand boʻlmaydilar?! Toki ularni qoniqtirish uchun Alloh uni turlicha tasarruf qilishi kerak.
«Batahqiq, Biz u(Qurʼon)ni eslatma olishlari uchun oralarida turlicha tasarruf qilib koʻrdik.»
Yaʼni, Qurʼonni ularga turli uslublar ila taqdim qildik. Lekin ular bundan oʻzlariga eslatma olmadilar.
«Odamlarning koʻplari kufrdan boshqa narsadan bosh tortdilar.»
Faqat kufrni ixtiyor qildilar. Boshqa narsaga koʻnmadilar. Shunday boʻlganidan ham Paygʻambarning vazifasi yanada qiyinlashadi, masʼuliyati yana ham ortadi.