تَبَارَكَ ٱلَّذِى جَعَلَ فِى ٱلسَّمَآءِ بُرُوجًا وَجَعَلَ فِيهَا سِرَٰجًا وَقَمَرًا مُّنِيرًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Osmonda burjlar qilgan va unda chiroq va nur sochguvchi oy qilgan Zot barakotli(buyuk) bo`ldi.Осмонда буржлар қилган ва унда чироқ ва нур сочгувчи ой қилган Зот баракотли(буюк) бўлди.Alauddin Mansour: Osmonda burjlarni barpo qilgan va unda chiroq — quyosh va oyni paydo qilgan Zot Barakotli — Buyukdir.Осмонда буржларни барпо қилган ва унда чироқ — қуёш ва ойни пайдо қилган Зот Баракотли — Буюкдир.
Osmondagi yulduzlarning burjlarini Alloh yaratmasa, kim yarata olar edi? Osmondagi chiroq–quyoshni Alloh qilmasa, kim qila olar edi? Osmondagi nur sochib turuvchi oyni Alloh yaratmasa, kim yarata olar edi? Ana oʻsha narsalarni yaratgan Zot barakotli va buyuk boʻlmasa, kim barakotli va buyuk boʻla olardi?