QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Furqan surasi · Oyatсураси · Оят60Sajda oyatiСажда ояти

وَإِذَا قِيلَ لَهُمُ ٱسْجُدُوا۟ لِلرَّحْمَـٰنِ قَالُوا۟ وَمَا ٱلرَّحْمَـٰنُ أَنَسْجُدُ لِمَا تَأْمُرُنَا وَزَادَهُمْ نُفُورًا ۩

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Qachonki ularga: «Rohmanga sajda qilinglar!» deyilsa, ular: «Rohman nima? Sen buyurgan narsaga sajda qilaveramizmi?» derlar. Bu ularning uzoqlashishini ziyoda qilur.Қачонки уларга: «Роҳманга сажда қилинглар!» дейилса, улар: «Роҳман нима? Сен буюрган нарсага сажда қилаверамизми?» дерлар. Бу уларнинг узоқлашишини зиёда қилур.Alauddin Mansour: Qachon (mushriklarga): «Rahmonga sajda qilinglar», deyilsa, ular: «Nima u Rahmon? Sen buyurgan narsaga sajda qilaveramizmi?», deyishar va (bu soʻz) ularni yanada yiroqlashtirar.Қачон (мушрикларга): «Раҳмонга сажда қилинглар», дейилса, улар: «Нима у Раҳмон? Сен буюрган нарсага сажда қилаверамизми?», дейишар ва (бу сўз) уларни янада йироқлаштирар.

365-sahifa · 19-juz · 37-hizb365-саҳифа · 19-жуз · 37-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَإِذَاva qachonkiва қачонкиقِيلَdeyilsaдейилсаلَهُمُulargaуларгаٱسْجُدُوا۟sajda qilinglarсажда қилингларلِلرَّحْمَـٰنِRohmangaРоҳмангаقَالُوا۟ular derlarулар дерларوَمَاva nimaва нимаٱلرَّحْمَـٰنُRohmanРоҳманأَنَسْجُدُsajda qilaveramizmiсажда қилаверамизмиلِمَاnarsagaнарсагаتَأْمُرُنَاsen bizga buyurganсен бизга буюрганوَزَادَهُمْva bu ularga ziyoda qilurва бу уларга зиёда қилурنُفُورًۭا ۩uzoqlashishniузоқлашишни
TafsirТафсир

Kofirlarning oʻzlarini bunday tutishlari nihoyatda haddan oshishganini koʻrsatmoqda. Ularni rahim va shafqat egasi boʻlmish, moʻmingayu kofirga hayot, rizqu roʻz, turli neʼmatlar beruvchi Rohman sifatli Allohga sajda qilishga chaqirilsa, burunlarini osmon barobar koʻtarib gerdaymoqdalar. Hatto: «Rohman kim?» deyishni ham oʻzlariga ep koʻrmay, «Rohman nima?» demoqdalar. Ular Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamga: «Sen buyurgan narsaga sajda qilaveramizmi?» derlar». Bu ham haddan oshishning tasdigʻi. Lekin ular bu ishlari bilan oʻzlariga yomon qiladilar, xolos. «Bu ularning uzoqlashishini ziyoda qilur.» Bu gap-soʻz, ishlar ularni iymondan, dindan yanada uzoqlashtiradi. Ushbu oyat Qurʼoni Karimdagi sajda oyatlaridan biridir. Kelasi oyatda kofirlarning beodobliklariga raddiya sifatida Alloh taoloni ulugʻlab yod etiladi: