QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Furqan surasi · Oyatсураси · Оят59

ٱلَّذِى خَلَقَ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ وَمَا بَيْنَهُمَا فِى سِتَّةِ أَيَّامٍ ثُمَّ ٱسْتَوَىٰ عَلَى ٱلْعَرْشِ ۚ ٱلرَّحْمَـٰنُ فَسْـَٔلْ بِهِۦ خَبِيرًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U osmonlaru yerni va ularning orasidagi narsalarni olti kunda yaratgan, so`ngra (Zoti va ulug`ligiga munosib suratda) Arshga yuksalgan Zotdir. U Rohmandir. Bas, o`sha o`ta Xabardordan so`ra.У осмонлару ерни ва уларнинг орасидаги нарсаларни олти кунда яратган, сўнгра (Зоти ва улуғлигига муносиб суратда) Аршга юксалган Зотдир. У Роҳмандир. Бас, ўша ўта Хабардордан сўра.Alauddin Mansour: U osmonlar va Yerni hamda ularning orasidagi barcha narsalarni olti kunda yaratib, soʻngra (Zoti va Ulugʻligiga loyiq suratda) Arshga yuksalgan Zotdir. U Rahmondir. Bas, U zot haqida ogoh — bilimdon (Zot — Alloh va Rasuli)dan soʻrang!У осмонлар ва Ерни ҳамда уларнинг орасидаги барча нарсаларни олти кунда яратиб, сўнгра (Зоти ва Улуғлигига лойиқ суратда) Аршга юксалган Зотдир. У Раҳмондир. Бас, У зот ҳақида огоҳ — билимдон (Зот — Аллоҳ ва Расули)дан сўранг!

365-sahifa · 19-juz · 37-hizb365-саҳифа · 19-жуз · 37-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ٱلَّذِىU ZotdirkiУ Зотдиркиخَلَقَyaratganяратганٱلسَّمَـٰوَٰتِosmonlarniосмонларниوَٱلْأَرْضَva yerniва ерниوَمَاva narsalarniва нарсаларниبَيْنَهُمَاularning orasidagiуларнинг орасидагиفِى-da-даسِتَّةِoltiолтиأَيَّامٍۢkunкунثُمَّsoʻngraсўнграٱسْتَوَىٰegallaganэгаллаганعَلَىustigaустигаٱلْعَرْشِ ۚarshningаршнингٱلرَّحْمَـٰنُU RohmandirУ Роҳмандирفَسْـَٔلْbas, soʻraбас, сўраبِهِۦU haqdaУ ҳақдаخَبِيرًۭاoʻta Xabardordanўта Хабардордан
TafsirТафсир

Osmonlaru yerning olti kunda yaratilishi va Alloh taoloning arshni egallashi haqidagi oyatlar avvallari ham kelgan, jumladan, «Aʼrof» surasining yetmish toʻrtinchi oyatida va uning tafsirida oʻtgan.

Ushbu maʼnolar eʼtiqod bobida oʻta nozik va hassos ekanligi eʼtiboridan ulamolarimiz juda ham ehtiyotkorlik bilan bayon qilishga harakat qiladilar.

«Olti kun» masalasiga kelganda, baʼzi ulamolar: bu dunyoning kunlariga oʻxshash kunlar, Alloh «boʻl» desa boʻlib qolar edi-yu, lekin bandalarga shoshilmay puxta ish qilishni oʻrgatish maqsadida shunday qildi, deydilar.

Boshqalari esa: «olti kun» qanday kunlar ekanini Allohning Oʻzi biladi. Bizning kunlarimiz osmonlaru yer yaratib boʻlingandan keyin, quyosh majmuasidagi sayyoralar nizomi yaratilgandan keyin vujudga kelgan tushunchalar, deydilar.

«Soʻngra» kalimasi odatda «keyin» maʼnosidagi tartibni ifoda qiladi, bu oyatdagi «soʻngra» esa, martabani bildiradi.

Ushbu maʼnolarning hammasi Allohning buyukligini, qudratining cheksizligini, har bir narsa ustidan hokim ekanligini bildiradi. Shu bilan birga:

«U Rohmandir».

Ulkan va doimiy rahmat egasidir. Agar biror narsani soʻramoqchi boʻlsang,

«Bas, oʻsha oʻta Xabardordan soʻra».

Ammo, ming afsuski, shunday boʻlishiga qaramasdan, koʻpchilik odamlar Rohmanga ibodatda boʻlish chaqirigʻiga beparvolik bilan qaraydilar.