وَتَوَكَّلْ عَلَى ٱلْحَىِّ ٱلَّذِى لَا يَمُوتُ وَسَبِّحْ بِحَمْدِهِۦ ۚ وَكَفَىٰ بِهِۦ بِذُنُوبِ عِبَادِهِۦ خَبِيرًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va barhayot, o`lmaydigan Zotga tavakkal qil hamda Uni hamdu sano ila poklab yod et. Bandalarining gunohlaridan o`ta xabardor bo`lishda Uning O`zi kifoyadir.Ва барҳаёт, ўлмайдиган Зотга таваккал қил ҳамда Уни ҳамду сано ила поклаб ёд эт. Бандаларининг гуноҳларидан ўта хабардор бўлишда Унинг Ўзи кифоядир.Alauddin Mansour: Va oʻlmaydigan tirik Zotga tavakkul qiling, hamda U zotga hamdu sano aytish bilan poklang! U Oʻz bandalarining gunohlaridan yetarli ogohdir.Ва ўлмайдиган тирик Зотга таваккул қилинг, ҳамда У зотга ҳамду сано айтиш билан покланг! У Ўз бандаларининг гуноҳларидан етарли огоҳдир.
Doimo barhayot va hech oʻlmaydigan zot yagona Allohning Oʻzidir. Banda faqat oʻsha Zotga tavakkal qilishi, suyanishi lozim. Ana oʻsha eng ishonchli suyanishdir. Chunki, Allohdan oʻzga har bir narsa oʻladi, yoʻq boʻladi. Allohdan oʻzgaga suyangan esa, baqosiz narsaga suyangan boʻladi. Bu bilan ish bitmaydi. Shuningdek, bergan neʼmatlari uchun hamdu sano aytishga loyiq zot ham Alloh taoloning yagona Oʻzidir. Chunki, undan boshqa neʼmat beruvchi yoʻqdir. Unga noshukr boʻlib, boshqalarga hamd aytganlar katta xato qiladilar. Shuning uchun ham, moʻmin banda Alloh taoloni doimo barcha nuqsonlardan poklab yod etmogʻi lozim. Bu ishni qilmaydigan kofirlar katta xato etadilar. Ularning amali oʻzlari uchundir. Oxir-oqibatda gunohlari uchun Allohning huzurida javob berishlari turgan gap. Chunki:
«Bandalarining gunohlaridan oʻta xabardor boʻlishda Uning Oʻzi kifoyadir».
Keyingi oyatda banda suyanishi lozim boʻlgan Allohning sifatlarini keltirish davom etadi: