قُلْ مَآ أَسْـَٔلُكُمْ عَلَيْهِ مِنْ أَجْرٍ إِلَّا مَن شَآءَ أَن يَتَّخِذَ إِلَىٰ رَبِّهِۦ سَبِيلًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen: «Men sizlardan buning uchun ajr so`ramayman, faqat, kim xohlasa, Robbi tomon yo`l olishini (so`rayman)», deb ayt.Сен: «Мен сизлардан бунинг учун ажр сўрамайман, фақат, ким хоҳласа, Робби томон йўл олишини (сўрайман)», деб айт.Alauddin Mansour: Ayting: «Men sizlardan buning uchun hech qanday haq soʻramayman, faqat Parvardigor tomonga yoʻl tutishni xohlagan kishilar (oʻsha yoʻlni tutishlarini soʻrayman»).Айтинг: «Мен сизлардан бунинг учун ҳеч қандай ҳақ сўрамайман, фақат Парвардигор томонга йўл тутишни хоҳлаган кишилар (ўша йўлни тутишларини сўрайман»).
Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamning va u zotga ergashgan Islom daʼvatchilarining ushbu ilohiy dinga kishilarni chaqirishdan koʻzlagan biron-bir shaxsiy manfaatlari yoʻq. Ular qilgan daʼvatlariga ajr-haq soʻramaydilar. Islomda eʼtiqod–dinga kirish yoki uning aʼzolari safida boʻlish uchun toʻlanadigan badal yoki soligʻu majburiyatlar yoʻq.
«...faqat, kim xohlasa, Robbi tomon yoʻl olishini (soʻrayman)», deb ayt.»
Faqat shu kerak, xolos. Xohlagan kishi Allohga tomon yoʻl olsin. Unga iymon keltirsin, ibodat qilsin.
Boshqalar esa, uning yoʻlini toʻsmasin.