QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Furqan surasi · Oyatсураси · Оят63

وَعِبَادُ ٱلرَّحْمَـٰنِ ٱلَّذِينَ يَمْشُونَ عَلَى ٱلْأَرْضِ هَوْنًا وَإِذَا خَاطَبَهُمُ ٱلْجَـٰهِلُونَ قَالُوا۟ سَلَـٰمًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Rohmanning bandalari yer yuzida tavozu' ila yuradigan va johillar xitob qilganida, «salom», deydiganlardir.Роҳманнинг бандалари ер юзида тавозуъ ила юрадиган ва жоҳиллар хитоб қилганида, «салом», дейдиганлардир.Alauddin Mansour: Rahmonning (suyukli) bandalari Yerda tavozuʼ bilan yuradigan, johil kimsalar (bemaʼni) xitoblar qilgan vaqtida ham «Omon boʻlinglar», deb javob qiladigan kishilardir.Раҳмоннинг (суюкли) бандалари Ерда тавозуъ билан юрадиган, жоҳил кимсалар (бемаъни) хитоблар қилган вақтида ҳам «Омон бўлинглар», деб жавоб қиладиган кишилардир.

365-sahifa · 19-juz · 37-hizb365-саҳифа · 19-жуз · 37-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَعِبَادُva bandalariва бандалариٱلرَّحْمَـٰنِRohmanningРоҳманнингٱلَّذِينَoʻshalardirkiўшалардиркиيَمْشُونَyuradilarюрадиларعَلَى-da-даٱلْأَرْضِyer yuzidaер юзидаهَوْنًۭاtavozuʼ ilaтавозуъ илаوَإِذَاva qachonkiва қачонкиخَاطَبَهُمُularga xitob qilsaуларга хитоб қилсаٱلْجَـٰهِلُونَjohillarжоҳилларقَالُوا۟deydilarдейдиларسَلَـٰمًۭاsalomсалом
TafsirТафсир

Rohman vasfli Alloh taoloning suyukli bandasi boʻlish uchun inson bir necha sifatlarga ega boʻlishi lozim ekan. Oʻsha sifatlar ushbu oyati karimadan boshlab suraning oxirigacha sanab oʻtiladi.

Birinchi sifat:

«yer yuzida tavozuʼ ila yuradigan...»

Rohmanning suyukli bandasi boʻlish sharafiga erishgan inson yer yuzida kamtarlik, soddalik va muloyimlik bilan yuradi. Unda takabburlik, manmanlik, vahshatu dahshat, turli soxta koʻrinishlardan asar ham boʻlmaydi. Shu bilan birga, boʻshanglik, irodasizlik, behuda qisilib-qimtinish, oʻzini pastga urishlik ham boʻlmaydi.

Rohmanning eng suyukli bandasi, Habibur-Rohman Muhammad sollallohu alayhi vasallamning yurishlari buning tatbigʻidir.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan qilingan rivoyatda quyidagilar aytiladi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan goʻzalroq hech narsani koʻrmadik. Goʻyo quyosh u zotning yuzlarida yurgandek edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan tezroq yuradigan biror odamni ham koʻrmadik. Xuddi yer u kishi tomon oʻralib kelayotganga oʻxshardi. Biz charchab qolardik, u kishi boʻlsa, charchamasdilar».

Hazrati Ali karramallohu vajhahudan rivoyat qilingan hadisda esa: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xuddi tepalikdan tushib kelayotgan odamdek gʻoz yurar edilar», deyilgan.

Oyatning davomida Rohmanning suyukli bandalarining yer yuzida yurib ketayotganlaridagi baʼzi muammolari ham zikr etilgan.

«...johillar xitob qilganida, «salom», deydiganlardir.»

Johillar doimo Rohmanning suyukli bandalariga gap otib, turli mashmashalar chiqarishga harakat qiladilar. Ammo Rohmanning suyukli bandalarining ular bilan adi-badi aytib oʻtirishga vaqtlari yoʻq. Befoyda gap-soʻzni oʻzlariga ortiqcha biladilar. Shuning uchun, johillardan qoʻrqadigan joylari boʻlmasa ham, ularning xitobiga «salom» (omon boʻl) deb javob aytadilar. Yoki oʻzlariga salomatlik keltiradigan biror gap-soʻz aytib qoʻyib, parvo ham qilmay ketaveradilar.

Ikkinchi sifat: kechalarni ibodat bilan oʻtkazish.