QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Furqan surasi · Oyatсураси · Оят64

وَٱلَّذِينَ يَبِيتُونَ لِرَبِّهِمْ سُجَّدًا وَقِيَـٰمًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular tunlarni Robbilariga sajda qilib, bedor o`tkazadilar.Улар тунларни Роббиларига сажда қилиб, бедор ўтказадилар.Alauddin Mansour: Ular kechalarni Parvardigorga sajda qilib va (joynamoz ustida) tik turib — bedor oʻtkazadigan kishilardir.Улар кечаларни Парвардигорга сажда қилиб ва (жойнамоз устида) тик туриб — бедор ўтказадиган кишилардир.

365-sahifa · 19-juz · 37-hizb365-саҳифа · 19-жуз · 37-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَٱلَّذِينَva ularва уларيَبِيتُونَtunlarni bedor oʻtkazurlarтунларни бедор ўтказурларلِرَبِّهِمْRobbilarigaРоббиларигаسُجَّدًۭاsajda qilibсажда қилибوَقِيَـٰمًۭاva tik turibва тик туриб
TafsirТафсир

Arablarda kechani bedor boʻlib, ibodat bilan oʻtkazishga «qiyomullayl»–kechani tik turgan holda oʻtkazish, deyiladi. Kechasi turib namoz oʻqish, Allohga sajda qilish ulugʻ ibodatdir. Har bir inson uchun oʻta zarur amaldir. Ayniqsa, kechaning uchdan biri qolganida bedor boʻlib, nafl namoz oʻqish ulkan savob va cheksiz xayr-barakaga sabab boʻladigan ishdir. Har bir moʻmin bandaning kechasi tahajjud namoz oʻqishga odatlanishi zarurligi Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hadislarida qayta-qayta taʼkidlangan. Kechasi kam deganda sakkiz rakʼat nafl namoz oʻqish yaxshi ishligini ulamolarimiz qattiq taʼkidlaganlar.

Uchinchi sifat: Doimo jahannam azobidan qoʻrqib, taqvo ila yurish.