إِنَّهَا سَآءَتْ مُسْتَقَرًّا وَمُقَامًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, u eng yomon qarorgoh va turar joydir», deydiganlardir.Албатта, у энг ёмон қароргоҳ ва турар жойдир», дейдиганлардир.Alauddin Mansour: Darhaqiqat, u eng yomon qarorgoh va eng yomon joydir», deydigan kishilardir.Дарҳақиқат, у энг ёмон қароргоҳ ва энг ёмон жойдир», дейдиган кишилардир.
Moʻminlar iymonlariga, amallariga, kechasi bedor boʻlib namoz oʻqib sajda qilishlariga ishonib qolmaydilar. Rohmanning suyukli bandalari doimo, har lahzada Unga yolvorib jahannam azobidan saqlashni soʻrab iltijo qilib turadilar. Chunki ular:
«...albatta, jahannam azobi doimiydir. Albatta, u eng yomon qarorgoh va turar joydir», deydiganlardir».
Ular jahannam nima ekanini juda yaxshi tushunadigan va butun vujudlari bilan chuqur his etadigan kishilardir. Bu hislari ularni doimo oʻsha jahannam azobiga duchor etadigan ishlarni qilmaslikka va doimo Allohga yolvorib jahannam azobini uzoq qilishni iltijo ila soʻrab turishga undaydi.
Bu maʼnoni Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sifatlari va sunnatlarida ham yaqqol koʻramiz. Ul zoti bobarakot doimo bu narsadan Allohning Oʻzidan panoh soʻrardilar. Hadisi shariflardan birida esa, moʻminlarga shom namozidan keyin «Allohumma ajirna minan-nar», yaʼni, ey bor Xudoyo, meni jahannam otashidan asragin, deb yetti marta aytishni oʻrgatganlar.
Toʻrtinchi sifat: Mol-pul sarflashda oʻrtacha boʻlish.