QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Furqan surasi · Oyatсураси · Оят67

وَٱلَّذِينَ إِذَآ أَنفَقُوا۟ لَمْ يُسْرِفُوا۟ وَلَمْ يَقْتُرُوا۟ وَكَانَ بَيْنَ ذَٰلِكَ قَوَامًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular infoq qilganlarida isrof ham va xasislik ham qilmaslar. U ikkisi o`rtasida mo`'tadil bo`lurlar.Улар инфоқ қилганларида исроф ҳам ва хасислик ҳам қилмаслар. У иккиси ўртасида мўътадил бўлурлар.Alauddin Mansour: Ular infoq-ehson qilgan vaqtlarida isrof ham, xasislik ham qilmaslar (balki ehsonlari) ana oʻsha (xasislik bilan isrofning) oʻrtasida — moʻʼtadil boʻlur.Улар инфоқ-эҳсон қилган вақтларида исроф ҳам, хасислик ҳам қилмаслар (балки эҳсонлари) ана ўша (хасислик билан исрофнинг) ўртасида — мўътадил бўлур.

365-sahifa · 19-juz · 37-hizb365-саҳифа · 19-жуз · 37-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَٱلَّذِينَva ularва уларإِذَآqachonkiқачонкиأَنفَقُوا۟infoq qilsalarинфоқ қилсаларلَمْemasэмасيُسْرِفُوا۟isrof qiladilarисроф қиладиларوَلَمْva emasва эмасيَقْتُرُوا۟xasislik qiladilarхасислик қиладиларوَكَانَva boʻlurlarва бўлурларبَيْنَoʻrtasidaўртасидаذَٰلِكَu ikkisiу иккисиقَوَامًۭاmoʻʼtadilмўътадил
TafsirТафсир

Arab tilida «infoq»–«nafaqa» iboralari mol-pul sarflash maʼnosini anglatadi. Bizda birovga sadaqa qilish, ehson qilish maʼnosida ishlatish odat tusiga kirib qolganligi oyatni notoʻgʻri tushunishga, xayr-ehson, sadaqa qilganda moʻʼtadil boʻlishi kerag-u, boshqa vaqtlarda nima qilsa, oʻzi biladi, degan xayolga olib kelmasligi lozim.

Musulmon kishi mol-pul sarflashda doimo moʻʼtadil boʻlishi kerak. Hech qachon molu dunyoni isrof ham qilmasligi kerak va haddan tashqari xasis boʻlib, zarur joyga va kerakli miqdorda sarflashdan bosh tortmasligi ham kerak.

Islomda shaxsiy mulkchilikka keng yoʻl ochib qoʻyilgan. Shu bilan birga, kishilarga shaxsiy mulkini havoyi nafsiga binoan tasarruf qilishga ham yoʻl qoʻyilmaydi. Avvalo, bu mulkni gunoh ishlarga, harom-xarishga ishlatish man qilingan.

Shuningdek, molu mulkni behuda sarflashga «isrof» nomini berib, musulmonlarni isrofdan qaytarilgan. Molu mulkini behuda, nooʻrin sarflaydigan odamni «safiyh»–esi past, deyiladi. Kim safiyh boʻlsa, mahkamaning hukmi ila uning molu mulki toʻxtatib qoʻyiladi. Kerakli boʻlganida, maʼlum miqdori beriladi, qolgani saqlab turiladi.

Bu bilan barobar, oʻta xasis odamga qarshi chora ham koʻriladi. Bola-chaqasidan, nafaqasidagilardan qisib, ularga haqlari darajasida sarf qilmasa, mahkama haqlarini olib beradi.

Isrofgarchilik va xasislikni tanqid etib qoralovchi koʻplab hadislar kelgan.