أُو۟لَـٰٓئِكَ يُجْزَوْنَ ٱلْغُرْفَةَ بِمَا صَبَرُوا۟ وَيُلَقَّوْنَ فِيهَا تَحِيَّةً وَسَلَـٰمًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ana o`shalar sabr qilganlari uchun «g`urfa» ila mukofotlanurlar va unda tabrik va salom bilan qarshilanurlar.Ана ўшалар сабр қилганлари учун «ғурфа» ила мукофотланурлар ва унда табрик ва салом билан қаршиланурлар.Alauddin Mansour: Ana oʻshalar sabr-qanoat qilganlari sababli (jannatdagi) yuksak darajalar bilan mukofotlanurlar va u joyda (farishtalar tomonidan) salom va omonlik bilan qarshi olinurlar.Ана ўшалар сабр-қаноат қилганлари сабабли (жаннатдаги) юксак даражалар билан мукофотланурлар ва у жойда (фаришталар томонидан) салом ва омонлик билан қарши олинурлар.
Yaʼni, ana shu sifatlarni oʻzida hosil etish va saqlab turishda sabr qilganlari uchun Rohmanning sevgan bandalari «gʻurfa» ila mukofotlanadilar.
Arab tilida oliy maqom xos xonani «gʻurfa» deyiladi. Tafsirchi ulamolarimizdan baʼzilari ushbu oyatdagi «gʻurfa» soʻziga, «oliy daraja», «jannat», «jannatdagi alohida xona» maʼnolarini berishgan. Aslida, hammasini qoʻshib, jannatdagi oliy maqom xos xona, desak maqsadga muvofiq boʻlsa kerak. Rohmanning suyukli bandalari:
«...unda tabrik va salom bilan qarshilanurlar».
Yaʼni, yuksak hurmat va ehtirom bilan kutib olinadilar. Farishtalar ularni salom berib qarshi oladilar.