خَـٰلِدِينَ فِيهَا ۚ حَسُنَتْ مُسْتَقَرًّا وَمُقَامًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular o`shanda abadiy qolurlar. U qanday ham go`zal qarorgoh va manzildir.Улар ўшанда абадий қолурлар. У қандай ҳам гўзал қароргоҳ ва манзилдир.Alauddin Mansour: Ular oʻsha joyda mangu qolurlar. U eng goʻzal qarorgoh, eng goʻzal manzildir.Улар ўша жойда мангу қолурлар. У энг гўзал қароргоҳ, энг гўзал манзилдир.
Yaʼni, Rohmanning suyukli bandalari oʻsha gʻurfada abadiy qoladilar. Ularning gʻurfa bilan mukofotlanishlari vaqtinchalik emas. U eng goʻzal turar joy va eng goʻzal maskandir.
Suraning oxirida yana Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga xitob qilinib, Alloh uchun odamlar hech gap emasligi, ammo ularning iltijolarining eʼtibori borligini eʼlon etish topshiriladi: