QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Furqan surasi · Oyatсураси · Оят77

قُلْ مَا يَعْبَؤُا۟ بِكُمْ رَبِّى لَوْلَا دُعَآؤُكُمْ ۖ فَقَدْ كَذَّبْتُمْ فَسَوْفَ يَكُونُ لِزَامًۢا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen: «Agar duo-iltijolaringiz bo`lmasa, Robbim sizlarga hech qiymat bermas. Bas, batahqiq, siz yolg`onga chiqardingiz. Endi sizlarga (azob) lozim bo`lur», deb ayt.Сен: «Агар дуо-илтижоларингиз бўлмаса, Роббим сизларга ҳеч қиймат бермас. Бас, батаҳқиқ, сиз ёлғонга чиқардингиз. Энди сизларга (азоб) лозим бўлур», деб айт.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom, mushriklarga) ayting: «Agar duo-iltijo qilmas ekansizlar, Parvardigorim sizlarga parvo qilmas. Bas, sizlar (U zot yuborgan paygʻambarni) yolgʻonchi qildingiz. Endi albatta (azob-uqubat) sizlarga lozim boʻlur».(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом, мушрикларга) айтинг: «Агар дуо-илтижо қилмас экансизлар, Парвардигорим сизларга парво қилмас. Бас, сизлар (У зот юборган пайғамбарни) ёлғончи қилдингиз. Энди албатта (азоб-уқубат) сизларга лозим бўлур».

366-sahifa · 19-juz · 37-hizb366-саҳифа · 19-жуз · 37-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قُلْdeb aytдеб айтمَاemasэмасيَعْبَؤُا۟qiymat berarқиймат берарبِكُمْsizlargaсизларгаرَبِّىRobbimРоббимلَوْلَاboʻlmasaбўлмасаدُعَآؤُكُمْ ۖduo-iltijolaringizдуо-илтижоларингизفَقَدْbas, batahqiqбас, батаҳқиқكَذَّبْتُمْsiz yolgʻonga chiqardingizсиз ёлғонга чиқардингизفَسَوْفَendi tezdaэнди тездаيَكُونُboʻlurбўлурلِزَامًۢاlozim (azob)лозим (азоб)
TafsirТафсир

Yaʼni, ey Muhammad, odamlarga «Agar ichingizdagi oz sonli moʻminlarning duosi boʻlmaganida, Alloh taoloning sizga parvosi ham boʻlmas edi. Chunki, Allohning dinini, Paygʻambarini va Qurʼonini yolgʻonga chiqarib boʻldingiz. Shu qilganlaringiz uchun sizlarga azob lozim boʻladi», deb ayt.