إِذْ قَالَ لَهُمْ أَخُوهُمْ هُودٌ أَلَا تَتَّقُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: O`shanda ularga birodarlari Hud dedi: «Qo`rqmaysizlarmi?!Ўшанда уларга биродарлари Ҳуд деди: «Қўрқмайсизларми?!Alauddin Mansour: Oʻshanda ularga birodarlari Hud aytgan edi: (Allohdan) qoʻrqmaysizlarmi?!Ўшанда уларга биродарлари Ҳуд айтган эди: (Аллоҳдан) қўрқмайсизларми?!
Hud alayhissalomning oʻz qavmlariga qarata aytgan gaplari shu joygacha Nuh alayhissalomning gaplarining aynan oʻzi. Chunki, ularni yuborgan Robbilari bir, olib kelgan taʼlimotlari bir, ular qilayotgan daʼvat bir. Har ikkalasi ham Allohga iymon keltirib, unga taqvo qilishga va Paygʻambarga itoat etishga chaqirmoqda.
Keyingi oyatlarda Hud alayhissalomning Od qavmiga oid masalalar muolajasi haqida aytgan gaplari keladi: