وَيَضِيقُ صَدْرِى وَلَا يَنطَلِقُ لِسَانِى فَأَرْسِلْ إِلَىٰ هَـٰرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va dilim siqilishidan hamda tilim burro bo`lmay qolishidan. Bas, Horunni elchi qil.Ва дилим сиқилишидан ҳамда тилим бурро бўлмай қолишидан. Бас, Ҳорунни элчи қил.Alauddin Mansour: Va (ular meni yolgʻonchi qilishlaridan) dilim siqilur, tilim burro emasdir, bas, (Misrda Firʼavn zulmi ostida yashab turgan birodarim) Horunga ham (paygʻambarlik) yuborsang, (u menga yordamchi boʻlsa).Ва (улар мени ёлғончи қилишларидан) дилим сиқилур, тилим бурро эмасдир, бас, (Мисрда Фиръавн зулми остида яшаб турган биродарим) Ҳорунга ҳам (пайғамбарлик) юборсанг, (у менга ёрдамчи бўлса).
Maʼsuliyatning ulkanligini sezgan va uni chuqur his etgan Muso alayhissalom ish boshlashdan oldin Alloh taolodan qoʻshimcha yordam soʻraydilar. Birodarlari Horunning ham Paygʻambar etib yuborilishini tilaydilar. Lekin yordam soʻrashdan oldin, oʻzlarini shunga majburlayotgan omillarni bir-bir aytib oʻtadilar.
«Ey Robbim, ular meni yolgʻonchi qilishlaridan qoʻrqarman. Va dilim siqilishidan hamda tilim burro boʻlmay qolishidan.»
Muso alayhissalom kofirlar u kishini yolgʻonchiga chiqarishlaridan emas, balki tuhmatdan yuraklari siqilib, tillariga gap kelmay qolishidan qoʻrqayotgan edilar. Zotan, kofirlar oʻzini yolgʻonchi qilishidan qoʻrqqan odam Paygʻambar boʻlishi mulohazali narsa. Boshqa oyatlardan maʼlumki, Muso alayhissalomning tillari bir oz duduq edi. Kofirlar u kishini yolgʻonchi qilishlari turgan gap edi. Ana shunday paytda dil siqilishi boʻladi. Dil siqilganda esa, tilida duduqligi bor odamning ravon gapirishi yana ham qiyinlashib qoladi. Oqibatda kofirlar oldida dinga, daʼvatga zarar yetishi mumkin. Demak, Muso alayhissalom oʻz shaxslarini emas, balki ilohiy daʼvat ertasini oʻylab mulohaza yuritmoqdalar. Mabodo, ana shunday holat yuzaga kelib, gaplarim ravon chiqmasa, burro til bilan daʼvat etadigan odam yonimda boʻlsin, deb:
«Bas, Horunni ham elchi qil», demoqdalar.
Uning tili burro, gapni ravon soʻzlaydi. Ilohiy daʼvat gʻamida Muso alayhissalomning yana bir tashvishlari bor edi, uni ham aytdilar.
«Mening zimmamda ular nazdida gunoh bor. Bas, meni oʻldirishlaridan xavfdaman», dedi.»
Yaʼni, Firʼavn qavmi meni gunohkor hisoblaydi.
Chunki, Muso alayhissalomning bani isroillik bilan urishayotgan bir qibtiyni oʻldirib qoʻyganlari, soʻngra Misrni tashlab qochib chiqib ketishga majbur boʻlganlari maʼlum va mashhurdir. Endi undan qasos olish payida yurgan qavm oldiga Paygʻambar boʻlib borsalar, oʻldirib qoʻyishlari mumkin. U holda ilohiy daʼvat ishi nima boʻladi? Shuning uchun, Horun ham Paygʻambar boʻlib borsa, mabodo, Muso alayhissalomni oʻldirsalar ham, daʼvat ishi toʻxtamaydi. Demak, Muso alayhissalom butun vujudlari bilan daʼvatning bardavomligi va muvaffaqiyati uchun qaygʻurmoqdalar.
Alloh taolo Muso alayhissalomning soʻraganlarini berdi. Horun alayhissalomni u kishiga qoʻshib Paygʻambar etib yubordi. Shuningdek, Firʼavn qavmi Muso alayhissalomni oʻldirishlari mumkinligi haqidagi ehtimolni ham yoʻq qildi: