QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ash-Shu'ara surasi · Oyatсураси · Оят15

قَالَ كَلَّا ۖ فَٱذْهَبَا بِـَٔايَـٰتِنَآ ۖ إِنَّا مَعَكُم مُّسْتَمِعُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U zot: «Yo`q! Bas, ikkingiz Bizning oyat-mo`'jizalarimiz ila boringlar. Albatta, Biz ikkingiz bilan eshitguvchimiz.У зот: «Йўқ! Бас, иккингиз Бизнинг оят-мўъжизаларимиз ила боринглар. Албатта, Биз иккингиз билан эшитгувчимиз.Alauddin Mansour: (Alloh) dedi: «Yoʻq (ular seni oʻldira olmaslar). Bas, (birodaring Horun bilan) Bizning oyat-moʻʼjizalarimizni olib boringlar! Albatta Biz sizlar bilan birga (savol-javoblaringizni) eshitib turguvchidirmiz.(Аллоҳ) деди: «Йўқ (улар сени ўлдира олмаслар). Бас, (биродаринг Ҳорун билан) Бизнинг оят-мўъжизаларимизни олиб боринглар! Албатта Биз сизлар билан бирга (савол-жавобларингизни) эшитиб тургувчидирмиз.

367-sahifa · 19-juz · 37-hizb367-саҳифа · 19-жуз · 37-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قَالَu zot dediу зот дедиكَلَّا ۖyoʻq!йўқ!فَٱذْهَبَاbas, ikkingiz boringlarбас, иккингиз борингларبِـَٔايَـٰتِنَآ ۖoyat-moʻʼjizalarimiz ilaоят-мўъжизаларимиз илаإِنَّاalbatta, Bizалбатта, Бизمَعَكُمikkingiz bilanиккингиз биланمُّسْتَمِعُونَeshitguvchilarmizэшитгувчилармиз
TafsirТафсир

Alloh:

«Yoʻq!»–yaʼni, ular seni oʻldira olmaslar, dedi.

«Bas, ikkingiz Bizning oyat-moʻʼjizalarimiz ila boringlar.»

Ikki aka-uka Paygʻambar boʻlib, Bizning moʻʼjizalarimiz ila qurollanib, Firʼavn va uning qavmi oldiga boringlar.

«Albatta, Biz ikkingiz bilan eshitguvchimiz.»

Yaʼni, doimo sizlar bilan birgamiz, hamma narsani eshitib turamiz. Sizlar hech hadiksiramay, borib daʼvatni boshlayveringlar.

«Bas, Firʼavnga boringlar.»

Hamma gap oʻshanda. Xudolik daʼvo qilgan ham oʻsha. Odamlarni oʻziga boʻysundirib olgan ham oʻsha. Bani Isroilga turli azob-uqubat berayotgan ham oʻsha. Shuning uchun, avvalo, oʻshaning oldiga boringlar:

«...va unga: «Biz Robbul olamiynning Paygʻambarlarimiz, Bani Isroilni biz bilan qoʻyib yubor», deb aytinglar».

Koʻrinib turibdiki, Muso va Horun alayhissalomlar zimmasidagi asosiy vazifa–Bani Isroilni Firʼavn zulmidan qutqarib olish va uni tavhid aqiydasi asosida qayta tarbiyalash boʻlgan.

Muso va Horun alayhissalomlar Alloh taoloning buyrugʻini bajardilar. Firʼavnning oldiga borib, lozim gaplarni aytdilar. Kechagina oʻzlarining orasida tarbiyalangan, uning qavmidan bir kishini oʻldirib qoʻyib qochib ketgan Musodan bu gaplarni eshitgan Firʼavn masxaraomuz holatda oʻtmishni eslab, unga minnat qila boshladi: