QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Naml surasi · Oyatсураси · Оят2

هُدًى وَبُشْرَىٰ لِلْمُؤْمِنِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Mo`minlar uchun hidoyat va xushxabardir.Мўминлар учун ҳидоят ва хушхабардир.Alauddin Mansour: (Bu oyatlar) moʻminlar uchun hidoyat va xushxabardir.(Бу оятлар) мўминлар учун ҳидоят ва хушхабардир.

377-sahifa · 19-juz · 38-hizb377-саҳифа · 19-жуз · 38-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
هُدًۭىhidoyatҳидоятوَبُشْرَىٰva xushxabardirва хушхабардирلِلْمُؤْمِنِينَmoʻminlar uchunмўминлар учун
TafsirТафсир

Moʻminlar bu oyatlarni oʻqib, hidoyat topadilar. Ular Qurʼoni Karim oyatlarini oʻqib iymonli kishilarga beriladigan oliy maqom va mukofotlarning xushxabarini topadilar.

Demak, Qurʼondan haqiqiy manfaat olish uchun, undagi hidoyatdan bahramand boʻlish uchun moʻmin oʻquvchi kerak. Bu ochiq-oydin Kitob qalbi ochiqlarning kitobidir. Qalbi gʻaflat, kufr, shirk va nifoq mogʻori ostida qolganlar bu kitobni oʻqib, foyda topishlari qiyin. Qurʼonni oʻqiganda, uning maʼnolarini tushunganda, oʻzida hidoyat, bashorat sezgisini his qilayotganlar xursand boʻlaversinlar, ularga Qurʼon taʼsir qilmoqda, qalblarida iymon bor ekan. Ammo, Qurʼon oʻqiganda, uning maʼnolaridan taʼsirlanmaganlar oʻzlarining kim ekanliklarini bilib olsinlar. Ha, Qurʼon va uning oyatlari moʻminlar uchun hidoyat va yaxshi kunlardan bashoratdir.

Keyingi oyatda oʻsha moʻminlarning vasfi keladi: