ٱلَّذِينَ يُقِيمُونَ ٱلصَّلَوٰةَ وَيُؤْتُونَ ٱلزَّكَوٰةَ وَهُم بِٱلْـَٔاخِرَةِ هُمْ يُوقِنُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular namozni to`kis ado etadigan, zakotni beradigan va oxiratga qattiq ishonadiganlardir.Улар намозни тўкис адо этадиган, закотни берадиган ва охиратга қаттиқ ишонадиганлардир.Alauddin Mansour: Ular namozni toʻkis ado etadigan, zakotni (haqdorlarga) ato etadigan va Oxiratga aniq ishonuvchi boʻlgan kishilardir.Улар намозни тўкис адо этадиган, закотни (ҳақдорларга) ато этадиган ва Охиратга аниқ ишонувчи бўлган кишилардир.
Demak, benamozlar yoki namozni chala oʻqiydiganlar Qurʼoni Karimdan hidoyat ham, bashorat–xushxabar ham ola bilmaydilar. Shuningdek, zakotni bermaydiganlar ham, oxiratga qattiq ishonmaydiganlar ham bu neʼmatdan bebahradirlar.