QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Naml surasi · Oyatсураси · Оят4

إِنَّ ٱلَّذِينَ لَا يُؤْمِنُونَ بِٱلْـَٔاخِرَةِ زَيَّنَّا لَهُمْ أَعْمَـٰلَهُمْ فَهُمْ يَعْمَهُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, oxiratga iymon keltirmaydiganlarga Biz amallarini ziynatlab ko`rsatdik. Bas, ular adashib-uloqib yuraveradilar.Албатта, охиратга иймон келтирмайдиганларга Биз амалларини зийнатлаб кўрсатдик. Бас, улар адашиб-улоқиб юраверадилар.Alauddin Mansour: Albatta, Oxiratga iymon keltirmaydigan kimsalar uchun Biz (qilayotgan) amallarini chiroyli koʻrsatib qoʻygandirmiz. Bas, ular adashib-uloqib yuraveradilar.Албатта, Охиратга иймон келтирмайдиган кимсалар учун Биз (қилаётган) амалларини чиройли кўрсатиб қўйгандирмиз. Бас, улар адашиб-улоқиб юраверадилар.

377-sahifa · 19-juz · 38-hizb377-саҳифа · 19-жуз · 38-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنَّalbattaалбаттаٱلَّذِينَoʻshalarkiўшаларкиلَاemasэмасيُؤْمِنُونَiymon keltiradilarиймон келтирадиларبِٱلْـَٔاخِرَةِoxiratgaохиратгаزَيَّنَّاBiz ziynatlab koʻrsatdikБиз зийнатлаб кўрсатдикلَهُمْulargaуларгаأَعْمَـٰلَهُمْamallariniамаллариниفَهُمْbas, ularбас, уларيَعْمَهُونَadashib-uloqib yuraverarlarадашиб-улоқиб юраверарлар
TafsirТафсир

Insonni bu dunyoning zebu ziynati va lazzatlariga berilishdan saqlab turadigan narsa oxiratga boʻlgan iymondir. Oxiratga, undagi hisob-kitobga, bu dunyoda iymon bilan halol-pok yashab, ibodat qilib oʻtganlarga jannat nasib etishiga, kufrda, harom-xarishda yurib, gunoh ustida oʻtganlarga jahannam azobi boʻlishiga qattiq ishongan odam hech qachon bu dunyoning zebu ziynatlariga aldanmaydi. Balki, oxiratdagi abadiy hayot neʼmatlaridan umidvor boʻlib, bevafo dunyoning oʻtkinchi lazzatlaridan voz kechadi.

Oxiratga iymoni yoʻq esa, ushbu besh kunlik dunyoni oʻzi uchun berilgan birdan-bir imkoniyat, deb biladi. Va shu imkoniyatdan foydalanib qolish maqsadida oʻzini hoyi havasga, oʻtkinchi lazzatlarga uradi. Nafsining domiga tushadi. Nafsi esa, doimo ziyoda boʻlishni xohlaydi. Shu bois ham, qilayotgan ishlari oʻziga chiroyli koʻrinadi va oʻzi bilmagan holda adashib-uloqib yuraveradi. Oqibat esa, maʼlum.