أُو۟لَـٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ لَهُمْ سُوٓءُ ٱلْعَذَابِ وَهُمْ فِى ٱلْـَٔاخِرَةِ هُمُ ٱلْأَخْسَرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ana o`shalarga yomon azob bordir va ular oxiratda eng ko`p ziyon ko`rguvchilardir.Ана ўшаларга ёмон азоб бордир ва улар охиратда энг кўп зиён кўргувчилардир.Alauddin Mansour: Ana oʻsha kimsalar uchun (dunyoda ham) eng yomon azob bordir va ular Oxiratda eng koʻp ziyon koʻrguvchi kimsalardir.Ана ўша кимсалар учун (дунёда ҳам) энг ёмон азоб бордир ва улар Охиратда энг кўп зиён кўргувчи кимсалардир.
Oxiratga ishonmay, bu dunyoning lazzatlari izidan quvib yashaganlarga ikki dunyoda ham yomon azob bordir. Bu dunyoda oxiratdan umidi yoʻqligi uchun molu dunyo, ayshu ishrat, shahvatu lazzat ketidan tushib, oʻzini oʻtga-choʻqqa urib, rasvo boʻladi. Haromdan topgan molu dunyosi uchun oʻldirilishi, qamalishi va boshqa balolarga uchrashi mumkin. Shuningdek, tinchlik-xotirjamlikni yoʻqotishi, oqibatda turli kasalliklarga chalinishi kabi har xil musiybatlar qadamida uchrab turadi. Oxiratda esa, qanaqa azoblarga duchor boʻlishini Allohning Oʻzi biladi. Ammo shunisi aniqki:
«...ular oxiratda eng koʻp ziyon koʻrguvchilardir».
Kelasi oyatda Qurʼoni Karimning asl masdari koʻrsatiladi: