QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Naml surasi · Oyatсураси · Оят6

وَإِنَّكَ لَتُلَقَّى ٱلْقُرْءَانَ مِن لَّدُنْ حَكِيمٍ عَلِيمٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, senga bu Qur'on o`ta hikmatli va o`ta ilmli Zot tomonidan berilur.Албатта, сенга бу Қуръон ўта ҳикматли ва ўта илмли Зот томонидан берилур.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), shak-shubhasiz, sizga bu Qurʼon dono va bilguvchi Zot dargohidan berilur.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), шак-шубҳасиз, сизга бу Қуръон доно ва билгувчи Зот даргоҳидан берилур.

377-sahifa · 19-juz · 38-hizb377-саҳифа · 19-жуз · 38-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَإِنَّكَva albatta, sengaва албатта, сенгаلَتُلَقَّىalbatta, berilurалбатта, берилурٱلْقُرْءَانَQurʼonҚуръонمِن-dan-данلَّدُنْhuzuriҳузуриحَكِيمٍoʻta hikmatliўта ҳикматлиعَلِيمٍoʻta ilmliўта илмли
TafsirТафсир

Bu Qurʼonni senga yoʻllayotgan Zot oʻta hikmatli zotdir. U har bir ishni hikmat ila qiladi. Hikmatsiz ishi yoʻqdir. Jumladan, Qurʼonni senga berishi ham ulkan hikmatdir. Buning ustiga, Qurʼonning oʻzi ham hikmatga toʻladir.

U zot oʻta ilmli boʻlgani uchun har bir ishni ilm ila qiladi. U zotning ilmga asoslanmagan ishi yoʻqdir. Jumladan, Qurʼonni senga tushirishi ham ilmi bilan bogʻliqdir. Buning ustiga, Qurʼonning oʻzi ham ilmlarga toʻladir.

Oʻsha ishonchli masdardan–hikmat va ilm sohibi boʻlgan Allohdan bandalarga ibrat boʻlsin uchun quyidagi qissalar ham Qurʼon oyatlari oʻlaroq nozil etildi: