QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Naml surasi · Oyatсураси · Оят7

إِذْ قَالَ مُوسَىٰ لِأَهْلِهِۦٓ إِنِّىٓ ءَانَسْتُ نَارًا سَـَٔاتِيكُم مِّنْهَا بِخَبَرٍ أَوْ ءَاتِيكُم بِشِهَابٍ قَبَسٍ لَّعَلَّكُمْ تَصْطَلُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Muso o`z ahliga: «Aniqki, men bir olov ko`rdim. Tezda men sizlarga undan biror xabar yoki isinishingiz uchun bir tutam cho`g` keltirurman», deganini esla.Мусо ўз аҳлига: «Аниқки, мен бир олов кўрдим. Тезда мен сизларга ундан бирор хабар ёки исинишингиз учун бир тутам чўғ келтирурман», деганини эсла.Alauddin Mansour: Muso ahli-oilasiga: «Men olov koʻrib qoldim. Sizlarga undan biron xabar keltirurman yoki sizlarga isinib olishingiz uchun bir oʻt-choʻgʻ keltirurman», deganini eslang.Мусо аҳли-оиласига: «Мен олов кўриб қолдим. Сизларга ундан бирон хабар келтирурман ёки сизларга исиниб олишингиз учун бир ўт-чўғ келтирурман», деганини эсланг.

377-sahifa · 19-juz · 38-hizb377-саҳифа · 19-жуз · 38-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِذْesla, oʻshandaэсла, ўшандаقَالَdediдедиمُوسَىٰMusoМусоلِأَهْلِهِۦٓoʻz ahligaўз аҳлигаإِنِّىٓaniqki, menаниқки, менءَانَسْتُkoʻrdimкўрдимنَارًۭاbir olovбир оловسَـَٔاتِيكُمtezda sizlarga keltiramanтезда сизларга келтираманمِّنْهَاundanунданبِخَبَرٍbiror xabarбирор хабарأَوْyokiёкиءَاتِيكُمsizlarga keltiramanсизларга келтираманبِشِهَابٍۢbir mashʼalбир машъалقَبَسٍۢchoʻgʻчўғلَّعَلَّكُمْshoyadki sizlarшоядки сизларتَصْطَلُونَisinsangizисинсангиз
TafsirТафсир

Ushbu oyati karimada vasf etilgan holat Tur togʻiga yaqin joyda, Muso alayhissalom oilalari bilan Madyandan Misrga qaytib kelayotganlarida roʻy bergan. Oyatdagi vasfdan ham bilinib turibdiki, ular sovuq tunda sahroda adashib qolganlar. Uzoqdan oʻsha diyor aholisi yoʻlovchilarga yoʻl koʻrsatsin yoki ziyofat borligiga belgi boʻlsin deb yoqib qoʻyadigan gulxanlardan biri Muso alayhissalomga koʻringan, u kishi boshliq sifatida oilaning gʻamini qilganlar. Ularni dam oldirib qoʻyib, oʻzlari gulxan koʻringan joyga borib, biror xabar yoki sovuqda olov yoqib isinish uchun oʻsha gulxandan biror choʻgʻ keltirishlarini aytmoqdalar.

«Muso oʻz ahliga: «Aniqki, men bir olov koʻrdim. Tezda men sizlarga undan biror xabar yoki isinishingiz uchun bir tutam choʻgʻ keltirurman», dedi.

Ana shu maqsadlar bilan Muso alayhissalom zulmatli kechada gulxan koʻringan tomonga qarab ketdilar.