QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Naml surasi · Oyatсураси · Оят8

فَلَمَّا جَآءَهَا نُودِىَ أَنۢ بُورِكَ مَن فِى ٱلنَّارِ وَمَنْ حَوْلَهَا وَسُبْحَـٰنَ ٱللَّهِ رَبِّ ٱلْعَـٰلَمِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U(olov)ga kelganida, olov oldidagi va atrofidagi shaxslarga baraka berildi va «Olamlarning Robbi — Alloh pokdir», deb nido qilindi.У(олов)га келганида, олов олдидаги ва атрофидаги шахсларга барака берилди ва «Оламларнинг Робби — Аллоҳ покдир», деб нидо қилинди.Alauddin Mansour: Endi qachonki u olov oldiga kelgach, unga nido qilindi: «Olov oldidagi kishiga (yaʼni, Musoga) va uning atrofidagi zotlarga (farishtalarga) xayru-barakot boʻlsin. Barcha olamlarning Parvardigori — Alloh (aybu-nuqsondan) pokdir.Энди қачонки у олов олдига келгач, унга нидо қилинди: «Олов олдидаги кишига (яъни, Мусога) ва унинг атрофидаги зотларга (фаришталарга) хайру-баракот бўлсин. Барча оламларнинг Парвардигори — Аллоҳ (айбу-нуқсондан) покдир.

377-sahifa · 19-juz · 38-hizb377-саҳифа · 19-жуз · 38-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَلَمَّاbas, qachonkiбас, қачонкиجَآءَهَاu(olov)ga kelganidaу(олов)га келганидаنُودِىَnido qilindiнидо қилиндиأَنۢdebдебبُورِكَbaraka berildiбарака берилдиمَنkimкимفِى-dagi-дагиٱلنَّارِolovоловوَمَنْva kimва кимحَوْلَهَاuning atrofidagiунинг атрофидагиوَسُبْحَـٰنَva pokdirва покдирٱللَّهِAllohАллоҳرَبِّRobbiРоббиٱلْعَـٰلَمِينَOlamlarningОламларнинг
TafsirТафсир

Mazkur maqsadlar ila Muso alayhissalom olovga yaqinlashib qolganlarida, birdan gʻoyibdan quyidagi nido keldi: «Olov oldidagi va atrofidagi shaxslarga baraka berildi». Ushbu jumlada kelgan, «Olov oldidagi»–Muso alayhissalom, «atrofidagilar»–esa, farishtalardir. Bundan oʻsha olov odamlar yoqib qoʻygan oddiy gulxan emas, Muso alayhissalomga Paygʻambar boʻlganlarini bildirish uchun u kishini xilvat joyga chaqirishga qoʻllangan chora boʻlib, farishtalar tomonidan yoqilgan boshqacha bir xususiyatli gulxan ekan. Demak, Muso alayhissalomga ham, oʻsha yerdagi farishtalarga ham baraka berilibdi, ular muborak boʻlibdilar. Bu ishlarni hikmat va ilm ila amalga oshirgan zot: «Olamlarning Robbi–Alloh pokdir». U zot turli nuqsonu kamchiliklardan pokdir. Nido yana davom etadi: