وَتَفَقَّدَ ٱلطَّيْرَ فَقَالَ مَا لِىَ لَآ أَرَى ٱلْهُدْهُدَ أَمْ كَانَ مِنَ ٱلْغَآئِبِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va qushlarni tekshirdi-da: «Nega Hudhudni ko`rmayotirman yoki g`oyiblardan bo`ldimi?» dedi.Ва қушларни текширди-да: «Нега Ҳудҳудни кўрмаётирман ёки ғойиблардан бўлдими?» деди.Alauddin Mansour: U qushlarni koʻzdan kechirib (ularning orasida hudhudga koʻzi tushmagach): «Nega men hudhudni koʻrmayapman, balki u (mendan beizn) gʻoyib boʻlguvchilardandir?!У қушларни кўздан кечириб (уларнинг орасида ҳудҳудга кўзи тушмагач): «Нега мен ҳудҳудни кўрмаяпман, балки у (мендан беизн) ғойиб бўлгувчилардандир?!
Sulaymon alayhissalom lashkarni tekshirib kelib, qushlar boʻlimiga yetganlarida, safda Hudhud (Poʻpishak) yoʻqligini mulohaza qildilar. Demak, boshliq Sulaymon alayhissalomga oʻxshab, oʻz qaramogʻidagi atboʼlarni doimo nazorat qilib turishi kerak. Sulaymon alayhissalom Hudhudning yoʻqligini payqaganlaridan soʻng, boshqa lashkarboshilarga oʻxshab baqirib-chaqirmadilar, soʻkmadilar. Yuksak odob bilan:
«Nega Hudhudni koʻrmayotirman yoki gʻoyiblardan boʻldimi?» dedilar.
Nima gap oʻzi? Yo u safda turgan boʻlsa ham, men koʻrmayapmanmi? Yoki aslida Hudhud safda yoʻqmi? Boshliqning savolini hamma askarlar eshitdi. Hudhud ruxsatsiz gʻoyib boʻlgani barchaga oshkor boʻldi. Endi surishtirish kerak, uning uzri bormi? Agar uzri boʻlmasa, bu tartibbuzarni qattiq jazolash lozim, toki boshqa askarlarga oʻrnak boʻlsin.
Shuning uchun, Sulaymon alayhissalom qattiq ohangda soʻzladilar: