فَتَبَسَّمَ ضَاحِكًا مِّن قَوْلِهَا وَقَالَ رَبِّ أَوْزِعْنِىٓ أَنْ أَشْكُرَ نِعْمَتَكَ ٱلَّتِىٓ أَنْعَمْتَ عَلَىَّ وَعَلَىٰ وَٰلِدَىَّ وَأَنْ أَعْمَلَ صَـٰلِحًا تَرْضَىٰهُ وَأَدْخِلْنِى بِرَحْمَتِكَ فِى عِبَادِكَ ٱلصَّـٰلِحِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, u uning so`zidan tabassum qildi va: «Robbim, meni O`zing menga va ota-onamga bergan ne'matlaringga shukr etishimga va Sen rozi bo`ladigan solih amallar qilishimga muyassar etgin. O`z rahmating ila meni solih bandalaringga qo`shgin», dedi.Бас, у унинг сўзидан табассум қилди ва: «Роббим, мени Ўзинг менга ва ота-онамга берган неъматларингга шукр этишимга ва Сен рози бўладиган солиҳ амаллар қилишимга муяссар этгин. Ўз раҳматинг ила мени солиҳ бандаларингга қўшгин», деди.Alauddin Mansour: (Sulaymon) uning soʻzidan kulib-tabassum qildi va dedi: «Parvardigorim, meni Sen menga va ota-onamga inʼom etgan neʼmatingga shukr qilishga va Oʻzing rozi boʻladigan yaxshi amallarnigina qilishga muvaffaq etgin va meni ham Oʻz fazlu rahmating bilan solih bandalaring qatoriga kiritgin».(Сулаймон) унинг сўзидан кулиб-табассум қилди ва деди: «Парвардигорим, мени Сен менга ва ота-онамга инъом этган неъматингга шукр қилишга ва Ўзинг рози бўладиган яхши амалларнигина қилишга муваффақ этгин ва мени ҳам Ўз фазлу раҳматинг билан солиҳ бандаларинг қаторига киритгин».
Sulaymon alayhissalom chumolining soʻzlarini eshitib jilmaydilar. Darhaqiqat, kichik bir jonzot shunchalik zakiy va hushyor boʻlishi, boshqalari bu boshliqqa itoat qilishi ajoyib holat edi. Shu bilan birga, chumolilarning gaplarini eshitish, tushunish yana ham ajoyib va kishini shodlantiradigan ish. Allohning neʼmati edi bu. Shuning uchun ham, Sulaymon alayhissalom darhol shukr keltirdilar:
«Robbim, meni Oʻzing menga va ota-onamga bergan neʼmatlaringga shukr etishimga va Sen rozi boʻladigan solih amallar qilishimga muyassar etgin».
Neʼmat berguvchiga shukr qilish ham katta neʼmatdir. Chunki, shukr ila neʼmat bardavom boʻladi. Sulaymon alayhissalom nafaqat oʻzlariga, balki ota-onalariga berilgan neʼmatlarga ham shukr qilish uchun Allohning Oʻzidan yordam soʻramoqdalar. Chunki, neʼmatning yoʻgʻiga chidashdan koʻra, boriga shukr qilish qiyinroqdir. Buni ham Alloh Oʻz inoyatiga olganlargina ado etishlari mumkin.
Shuningdek, Alloh rozi boʻladigan solih amallar qilishga muyassar boʻlish ham katta fazldir. Unga ham Allohga sidqidildan shukr qila oladiganlargina muyassar boʻladilar.
«Oʻz rahmating ila meni solih bandalaringga qoʻshgin», dedi.»
Sulaymon alayhissalomdek ulkan Paygʻambarning Alloh taolodan solih bandalariga qoʻshishini tilab duo qilishlari, bir tomondan, u zotning kamtarliklarini koʻrsatsa, ikkinchi tarafdan, solih bandalarning maqomlari qanchalik yuksak ekanini bildiradi.
Undan keyin yana askarlar saf tortdilar. Sulaymon alayhissalom ularni birin-ketin koʻzdan kechira boshladilar.