حَتَّىٰٓ إِذَآ أَتَوْا۟ عَلَىٰ وَادِ ٱلنَّمْلِ قَالَتْ نَمْلَةٌ يَـٰٓأَيُّهَا ٱلنَّمْلُ ٱدْخُلُوا۟ مَسَـٰكِنَكُمْ لَا يَحْطِمَنَّكُمْ سُلَيْمَـٰنُ وَجُنُودُهُۥ وَهُمْ لَا يَشْعُرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Toki ular chumolilar vodiysiga kelganlarida, bir chumoli: «Ey, chumolilar, maskanlaringga kiringlar, Sulaymon va uning askarlari sizlarni bilmasdan ezib yubormasinlar», dedi.Токи улар чумолилар водийсига келганларида, бир чумоли: «Эй, чумолилар, масканларингга киринглар, Сулаймон ва унинг аскарлари сизларни билмасдан эзиб юбормасинлар», деди.Alauddin Mansour: To ular chumolilar vodiysiga yetgan vaqtlarida, bir chumoli: «Ey chumolilar, uyalaringizga kiringlar, yana Sulaymon va uning lashkarlari oʻzlari sezmagan hollarida sizlarni bosib-yanchib ketmasinlar», degan edi.То улар чумолилар водийсига етган вақтларида, бир чумоли: «Эй чумолилар, уяларингизга киринглар, яна Сулаймон ва унинг лашкарлари ўзлари сезмаган ҳолларида сизларни босиб-янчиб кетмасинлар», деган эди.
Ushbu biz tafsirini oʻrganayotgan surai sharifaning «Naml»– «Chumolilar», degan ismi aynan ushbu oyati karimadan olingandir.
Chumolilar ham asalarilarga oʻxshash ajoyib intizomga ega. Hali- hanuz ularning jamoat boʻlib yashashlari siri anglangan emas. Bu oyatda ular bir-birlarini xavf-xatardan ogoh etishlari aytilmoqda.
Sulaymon alayhissalom oʻzlarining jin, ins va qushlardan iborat askarlari bilan yurib borayotgan edilar.
«Toki ular chumolilar vodiysiga kelganlarida...»
Yaʼni, chumolilar yashaydigan joyga yetganlarida:
«Bir chumoli: «Ey, chumolilar, maskanlaringga kiringlar, Sulaymon va uning askarlari sizlarni bilmasdan ezib yubormasinlar», dedi».
Odatda, toʻp-toʻp askarlar saf boʻlib oʻtganlarida uncha-buncha narsaga eʼtibor bermay, duch kelgan narsani oyoqosti qilib ketaveradilar. Oʻsha chumoli, ehtimol, chumolilar vodiysining xavf-xatardan ogohlantirguvchi masʼuli boʻlgandir. Shu sababli, u ularga uylariga kirib turishni maslahat berdi. Uning bu gaplarini Sulaymon alayhissalom ham eshitdilar.