QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Naml surasi · Oyatсураси · Оят17

وَحُشِرَ لِسُلَيْمَـٰنَ جُنُودُهُۥ مِنَ ٱلْجِنِّ وَٱلْإِنسِ وَٱلطَّيْرِ فَهُمْ يُوزَعُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sulaymonga jin, ins va qushlardan bo`lgan askarlari to`planib, tizilgan holda turdilar.Сулаймонга жин, инс ва қушлардан бўлган аскарлари тўпланиб, тизилган ҳолда турдилар.Alauddin Mansour: Sulaymon (amri bilan) jin, ins va qushlardan boʻlgan lashkarlari toʻplanib, tizilgan hollarida turdilar.Сулаймон (амри билан) жин, инс ва қушлардан бўлган лашкарлари тўпланиб, тизилган ҳолларида турдилар.

378-sahifa · 19-juz · 38-hizb378-саҳифа · 19-жуз · 38-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَحُشِرَva toʻplandiва тўпландиلِسُلَيْمَـٰنَSulaymongaСулаймонгаجُنُودُهُۥaskarlariаскарлариمِنَ-dan-данٱلْجِنِّjinжинوَٱلْإِنسِva insва инсوَٱلطَّيْرِva qushlarва қушларفَهُمْbas, ularбас, уларيُوزَعُونَtizilgan holda turdilarтизилган ҳолда турдилар
TafsirТафсир

Alloh taolo Sulaymon alayhissalomga jinlardan ham, insonlardan ham, qushlardan ham askar berdi. Albatta, u kishiga dunyodagi hamma odamlar emas, balki oʻzlari yashab turgan yerdagi maʼlum bir kishilar askar boʻlgan. Shuningdek, jinlar va qushlardan ham maʼlum miqdori u kishiga askarlik qilgan. Ushbu oyatda oʻsha askarlarning Sulaymon alayhissalom huzurlarida saf tortib, tizilib turganlari vasf qilinmoqda. Demak, muhim bir safar oldidan shunday tizilganlar va yoʻlga tushganlar.