QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Naml surasi · Oyatсураси · Оят16

وَوَرِثَ سُلَيْمَـٰنُ دَاوُۥدَ ۖ وَقَالَ يَـٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ عُلِّمْنَا مَنطِقَ ٱلطَّيْرِ وَأُوتِينَا مِن كُلِّ شَىْءٍ ۖ إِنَّ هَـٰذَا لَهُوَ ٱلْفَضْلُ ٱلْمُبِينُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va Sulaymon Dovudga voris bo`ldi. U: «Ey odamlar, bizga qush tili o`rgatildi va har bir narsadan berildi. Bu, albatta, ochiq-oydin fazldir», dedi.Ва Сулаймон Довудга ворис бўлди. У: «Эй одамлар, бизга қуш тили ўргатилди ва ҳар бир нарсадан берилди. Бу, албатта, очиқ-ойдин фазлдир», деди.Alauddin Mansour: Sulaymon (paygʻambarlik va ilmda) Dovudga voris boʻldi va aytdi: «Ey odamlar, bizga qushlarning (va barcha jonivorlarning) tili bildirildi hamda (paygʻambar va podshohlarga beriladigan) barcha narsalardan berildi. Albatta, bu ochiq fazlu-marhamatning oʻzidir.Сулаймон (пайғамбарлик ва илмда) Довудга ворис бўлди ва айтди: «Эй одамлар, бизга қушларнинг (ва барча жониворларнинг) тили билдирилди ҳамда (пайғамбар ва подшоҳларга бериладиган) барча нарсалардан берилди. Албатта, бу очиқ фазлу-марҳаматнинг ўзидир.

378-sahifa · 19-juz · 38-hizb378-саҳифа · 19-жуз · 38-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَوَرِثَva voris boʻldiва ворис бўлдиسُلَيْمَـٰنُSulaymonСулаймонدَاوُۥدَ ۖDovudgaДовудгаوَقَالَva dediва дедиيَـٰٓأَيُّهَاeyэйٱلنَّاسُodamlarодамларعُلِّمْنَاbizga oʻrgatildiбизга ўргатилдиمَنطِقَtiliтилиٱلطَّيْرِqushlarningқушларнингوَأُوتِينَاva bizga berildiва бизга берилдиمِن-dan-данكُلِّhar birҳар бирشَىْءٍ ۖnarsaнарсаإِنَّalbattaалбаттаهَـٰذَاbuбуلَهُوَalbatta, oʻshaалбатта, ўшаٱلْفَضْلُfazldirфазлдирٱلْمُبِينُochiq-oydinочиқ-ойдин
TafsirТафсир

Ushbu oyatdagi vorislik, otaning vafotidan keyin undan qolgan molu mulkka boʻladigan oddiy vorislik emas, ilmga vorislikdir. Chunki, Dovud alayhissalomning Sulaymon alayhissalomdan boshqa farzandlari ham koʻp edi. Ular molu dunyo masalasidagi merosda teng huquqli edilar. Ammo ilm maʼnosidagi merosga faqat Sulaymon alayhissalom voris boʻldilar. Shuning uchun ham:

«Va Sulaymon Dovudga voris boʻldi» jumlasidan keyin Sulaymon alayhissalomning:

«Ey odamlar, bizga qush tili oʻrgatildi», degan soʻzlari kelmoqda. Sulaymon alayhissalom oʻzlariga Alloh tomonidan qushlarning tilini anglash ilmi berilganligini barcha odamlarga eʼlon qilmoqdalar. Bu eʼlon faxr va riyokorlik uchun emas, balki Allohning neʼmatini eslash maʼnosidadir.

«...va har bir narsadan (nasiba) berildi.»

Bu narsa Alloh taoloning katta neʼmati. Katta neʼmat boʻlganda ham, hammaga ham berilavermaydigan neʼmat.

«Bu, albatta, ochiq-oydin fazldir»,dedi.»

Ha, bu narsalar Alloh taolo tomonidan berilgan fazldir. Oʻz- oʻzidan keladigan narsa emas.