وَلَقَدْ ءَاتَيْنَا دَاوُۥدَ وَسُلَيْمَـٰنَ عِلْمًا ۖ وَقَالَا ٱلْحَمْدُ لِلَّهِ ٱلَّذِى فَضَّلَنَا عَلَىٰ كَثِيرٍ مِّنْ عِبَادِهِ ٱلْمُؤْمِنِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Batahqiq, Biz Dovud va Sulaymonga ilm berdik. Ikkovlari: «Bizni ko`pgina mo`min bandalaridan afzal qilgan Allohga hamdlar bo`lsin», dedilar.Батаҳқиқ, Биз Довуд ва Сулаймонга илм бердик. Икковлари: «Бизни кўпгина мўмин бандаларидан афзал қилган Аллоҳга ҳамдлар бўлсин», дедилар.Alauddin Mansour: Qasamki, Biz Dovud va Sulaymonga (yetuk) bilim ato etdik va ular: «Bizlarni koʻp moʻmin bandalaridan afzal qilib qoʻygan Zot — Allohga hamdu sano boʻlsin», dedilar.Қасамки, Биз Довуд ва Сулаймонга (етук) билим ато этдик ва улар: «Бизларни кўп мўмин бандаларидан афзал қилиб қўйган Зот — Аллоҳга ҳамду сано бўлсин», дедилар.
Darhaqiqat, Alloh taolo ham Dovud alayhissalomga, ham Sulaymon alayhissalomga ilm neʼmatini ato etgan edi. Dovud alayhissalomga Zaburni tilovat qilish ilmini ham bergan edi. U kishi alayhissalom Zaburni tilovat qilganlarida togʻu toshlar ham, osmondagi qushlar ham jim turib tinglardi. Bu haqda boshqa suralarda aytib oʻtilgan.
Sulaymon alayhissalomga berilgan ilm haqida esa, ushbu surada batafsil soʻz yuritiladi.
Albatta, Alloh bergan bunday ulugʻ neʼmatlarga Dovud alayhissalom va Sulaymon alayhissalom shukr qildilar.
«Ikkovlari: «Bizni koʻpgina moʻmin bandalaridan afzal qilgan Allohga hamdlar boʻlsin», dedilar.»
Paygʻambarlik, ilm, hikmat neʼmatlari bilan neʼmatlanganlar Allohga har qancha shukr qilib hamd aytsalar, oz.