QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Naml surasi · Oyatсураси · Оят14

وَجَحَدُوا۟ بِهَا وَٱسْتَيْقَنَتْهَآ أَنفُسُهُمْ ظُلْمًا وَعُلُوًّا ۚ فَٱنظُرْ كَيْفَ كَانَ عَـٰقِبَةُ ٱلْمُفْسِدِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va o`zlari aniq bilib turib, zulm va kibr tufayli u(mo`'jiza)larni inkor etdilar. Buzg`unchilarning oqibati qanday bo`lishiga nazar sol.Ва ўзлари аниқ билиб туриб, зулм ва кибр туфайли у(мўъжиза)ларни инкор этдилар. Бузғунчиларнинг оқибати қандай бўлишига назар сол.Alauddin Mansour: Va oʻzlari aniq bilgan hollarida zulm va kibr qilib, u (moʻʼjizalarni) inkor etdilar. Endi (ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), u buzgʻunchi kimsalarning oqibati qanday boʻlganini koʻring.Ва ўзлари аниқ билган ҳолларида зулм ва кибр қилиб, у (мўъжизаларни) инкор этдилар. Энди (эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), у бузғунчи кимсаларнинг оқибати қандай бўлганини кўринг.

378-sahifa · 19-juz · 38-hizb378-саҳифа · 19-жуз · 38-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَجَحَدُوا۟va inkor etdilarва инкор этдиларبِهَاularniуларниوَٱسْتَيْقَنَتْهَآva aniq bilib turibва аниқ билиб турибأَنفُسُهُمْoʻzlariўзлариظُلْمًۭاzulm tufayliзулм туфайлиوَعُلُوًّۭا ۚva kibr tufayliва кибр туфайлиفَٱنظُرْbas, nazar solбас, назар солكَيْفَqandayқандайكَانَboʻldiбўлдиعَـٰقِبَةُoqibatiоқибатиٱلْمُفْسِدِينَbuzgʻunchilarningбузғунчиларнинг
TafsirТафсир

Demak, Firʼavn va uning qavmining bu ilohiy moʻʼjizalarni inkor etishlari ularni bilmaslikdan emas. Ular bu moʻʼjizalarning nimaligini juda yaxshi bilganlar. Ammo bilib turib, zulm yuzasidan, iymonni mensimasdan, kibr qilgan hollarida inkor etdilar. Bu inkorning oqibati nima bilan tugashi maʼlum va mashhurdir.

«Buzgʻunchilarning oqibati qanday boʻlishiga nazar sol.»

Firʼavn va uning qavmining oqibati nima boʻlgani hammaga maʼlum. Boshqa sura va oyatlarda takror-takror kelgan.

Endigi oyatlarda Dovud va Sulaymon alayhimussalomlarga ilm berilganligi, Sulaymon alayhissalom Dovud alayhissalomga voris boʻlganlari bayon etiladi, keyin u zotning qissalari keltiriladi: