فَلَمَّا جَآءَتْهُمْ ءَايَـٰتُنَا مُبْصِرَةً قَالُوا۟ هَـٰذَا سِحْرٌ مُّبِينٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, qachonki ularga oyat-mo`'jizalarimiz ko`z ochguvchi bo`lib kelganida, «Bu ochiq-oydin sehrdir», dedilar.Бас, қачонки уларга оят-мўъжизаларимиз кўз очгувчи бўлиб келганида, «Бу очиқ-ойдин сеҳрдир», дедилар.Alauddin Mansour: Bas, qachonki ularga Bizning oyat-moʻʼjizalarimiz ravshan holda yetib kelgach, ular: «Bu ochiq sehrdir», dedilar.Бас, қачонки уларга Бизнинг оят-мўъжизаларимиз равшан ҳолда етиб келгач, улар: «Бу очиқ сеҳрдир», дедилар.
Allohning oyatlarini koʻrib, har bir insonning koʻzi ochilishi kerak. Bu moʻʼjizalarni koʻrib, hamma toʻgʻri yoʻlni topishi lozim. «Bas, qachonki ularga oyat-moʻʼjizalarimiz koʻz ochguvchi boʻlib kelganida...» Moʻʼjizalar buzgʻunchi Firʼavn qavmiga ham koʻzlarini ochguvchi boʻlib keldi, ammo ularning koʻzlari ochilmadi. Ha, qalb koʻzlari koʻrligicha qoldi. Shuning uchun ham, Allohning moʻʼjizalarini: «Bu ochiq-oydin sehrdir», dedilar.