وَأَدْخِلْ يَدَكَ فِى جَيْبِكَ تَخْرُجْ بَيْضَآءَ مِنْ غَيْرِ سُوٓءٍ ۖ فِى تِسْعِ ءَايَـٰتٍ إِلَىٰ فِرْعَوْنَ وَقَوْمِهِۦٓ ۚ إِنَّهُمْ كَانُوا۟ قَوْمًا فَـٰسِقِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Qo`lingni yoqangning ichiga suq, hech qanday yomonliksiz oppoq bo`lib chiqur. Fir'avn va uning qavmiga qaratilgan to`qqiz mo`'jiza orasida (bu bordir). Albatta, ular buzg`unchi qavm bo`ldilar.Қўлингни ёқангнинг ичига суқ, ҳеч қандай ёмонликсиз оппоқ бўлиб чиқур. Фиръавн ва унинг қавмига қаратилган тўққиз мўъжиза орасида (бу бордир). Албатта, улар бузғунчи қавм бўлдилар.Alauddin Mansour: Qoʻlingni choʻntagingga solgin, u hech qanday dardsiz oppoq boʻlib chiqur. (Bu moʻʼjizalar) sen (Firʼan va uning qavmiga) olib boradigan toʻqqiz oyat-moʻʼjiza ichida (bordir). Darhaqiqat, ular itoatsiz qavm boʻldilar.Қўлингни чўнтагингга солгин, у ҳеч қандай дардсиз оппоқ бўлиб чиқур. (Бу мўъжизалар) сен (Фиръан ва унинг қавмига) олиб борадиган тўққиз оят-мўъжиза ичида (бордир). Дарҳақиқат, улар итоатсиз қавм бўлдилар.
Alloh taolo Muso alayhissalomga qoʻllarini yoqalari ichidan qoʻltiqlariga suqishni amr etdi. Boshqa oyatlarda toʻgʻridan-toʻgʻri «qoʻltigʻingga suq», deyilgan. Ammo bu oyatda qoʻltiqqa yoqa orqali suqilishiga amr qilinmoqda. Oyatda kelgan «jayb» yoki «jiyb» soʻzi choʻntak maʼnosida ishlatilishi ham bor. Lekin u asl maʼno emas. Asl maʼno «yoqa»dir. Jabroil alayhissalom ham Bibi Maryamning jiybidan, yaʼni, yoqasidan puflaganlar, choʻntagidan emas. Muso alayhissalom hodisasida esa, qoʻlni choʻntak orqali qoʻltiqqa tiqib boʻlmaydi.
Alloh taolo Muso alayhissalomga qoʻllarini yoqalaridan suqishni amr etish bilan birga, keyin nima boʻlishining ham xabarini berdi. U qoʻl:
«...hech qanday yomonliksiz oppoq boʻlib chiqur».
Qoʻlni qoʻltiqqa bir suqib chiqarsa, oppoq boʻlib qolishi, oppoq boʻlganda ham, hech qanday yomonliksiz, koʻrgan odam hayron qolarli darajada chiroyli oq boʻlishi ilohiy moʻʼjiza edi. Oʻsha davrda Misrda, Muso alayhissalom Paygʻambar qilib yuborilayotgan yurtda sehr juda kuchaygan edi.
Sehrgarlar odamlarning koʻziga bir narsani turli shakllarga solib koʻrsatar yoki shunga oʻxshash koʻplab firibgarliklar qilar edilar. Alloh taolo ularning sehrini sindirish, kishilarni sehrgarlarga emas, Paygʻambarlarga ergashish zarurligiga ishontirish hamda Muso alayhissalom Alloh tomonidan yuborilgan Paygʻambar ekanliklarini isbotlash maqsadida u zot alayhissalomga moʻʼjizalar berdi.
Birinchi moʻʼjiza aso edi. Uni amalda ishlatib koʻrsatildi.
Ikkinchi moʻʼjiza qoʻl edi, uni ham koʻrsatdi. Shuningdek, bu moʻʼjiza:
«Firʼavn va uning qavmiga qaratilgan toʻqqiz moʻʼjiza orasida» borligi aytilmoqda. «Aʼrof» va «Isro» suralarida ham bu moʻʼjizalarning bayoni kelgan.
Mazkur toʻqqiz moʻʼjiza quyidagilardan iborat:
1. Aso.
2. Qoʻl.
3. Ocharchilik.
4. Meva-cheva va jonlarning nuqsonga uchrashi.
5. Toʻfon.
6. Chigirtka.
7. Bit.
8. Baqalar.
9. Qon.
Oyatning oxirida Firʼavn va uning qavmi haqida:
«Albatta, ular buzgʻunchi qavm boʻldilar», deb xabar berilmoqda.
Ular ushbu moʻʼjizalarni koʻrib, ibrat olishlari, buzgʻunchilikdan qaytishlari kerak edi. Ammo: