QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Naml surasi · Oyatсураси · Оят22

فَمَكَثَ غَيْرَ بَعِيدٍ فَقَالَ أَحَطتُ بِمَا لَمْ تُحِطْ بِهِۦ وَجِئْتُكَ مِن سَبَإٍۭ بِنَبَإٍ يَقِينٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ko`p o`tmasdan u kelib: «Sen bilmagan narsani bildim va senga Saba'dan ishonchli bir xabar olib keldim.Кўп ўтмасдан у келиб: «Сен билмаган нарсани билдим ва сенга Сабаъдан ишончли бир хабар олиб келдим.Alauddin Mansour: Soʻng uzoqqa qolmay (hudhud kelib) dedi: «Men sen ogoh boʻlmagan narsadan ogoh boʻldim va senga Sabaʼ (shahri)dan aniq bir xabar keltirdim.Сўнг узоққа қолмай (ҳудҳуд келиб) деди: «Мен сен огоҳ бўлмаган нарсадан огоҳ бўлдим ва сенга Сабаъ (шаҳри)дан аниқ бир хабар келтирдим.

378-sahifa · 19-juz · 38-hizb378-саҳифа · 19-жуз · 38-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَمَكَثَbas, turdiбас, турдиغَيْرَemasэмасبَعِيدٍۢuzoqузоқفَقَالَva dediва дедиأَحَطتُmen bilib oldimмен билиб олдимبِمَاoʻsha narsaniўша нарсаниلَمْemasэмасتُحِطْsen bilgansanсен билгансанبِهِۦuniуниوَجِئْتُكَva senga keltirdimва сенга келтирдимمِن-dan-данسَبَإٍۭSabaʼСабаъبِنَبَإٍۢxabarхабарيَقِينٍishonchliишончли
TafsirТафсир

Shu gaplardan keyin koʻp oʻtmasdan Hudhud yetib yeldi. Albatta, Sulaymon alayhissalomning achchiqlanib turganlarini bilgan Hudhud u kishini hovurlaridan tushiradigan gap qilishga urindi. Taftishdan va tahdid gaplardan koʻp oʻtmay yetib kelgani uchun, oʻzini oqlashga urindi. Sulaymon alayhissalomning eʼtiborlarini tortadigan gap boshladi:

«Sen bilmagan narsani bildim va senga Sabaʼdan ishonchli bir xabar olib keldim», dedi».

Sabaʼ Arabiston yarim orolining janubida, Yamanda joylashgan bir mamlakat edi. Hudhud ana oʻsha mamlakatdan oʻta muhim bir xabar keltirganini aytdi. Ham Paygʻambar, ham podshoh, ham insu jin va qushlardan iborat lashkarga bosh boʻla turib, Sulaymon alayhissalom bilmagan bir xabar. Soʻngra u toʻxtamay, oʻz soʻzida davom etdi: