QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Naml surasi · Oyatсураси · Оят28

ٱذْهَب بِّكِتَـٰبِى هَـٰذَا فَأَلْقِهْ إِلَيْهِمْ ثُمَّ تَوَلَّ عَنْهُمْ فَٱنظُرْ مَاذَا يَرْجِعُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bu maktubimni olib borib, ularga tashla, so`ngra chetga chiqib nazar sol-chi, nima qaytarurlar», dedi.Бу мактубимни олиб бориб, уларга ташла, сўнгра четга чиқиб назар сол-чи, нима қайтарурлар», деди.Alauddin Mansour: Mana bu maktubimni olib borib, ularga tashlagin, soʻngra ulardan chetlanib kuzatgin-chi, nima (javob) qaytarar ekanlar».Мана бу мактубимни олиб бориб, уларга ташлагин, сўнгра улардан четланиб кузатгин-чи, нима (жавоб) қайтарар эканлар».

379-sahifa · 19-juz · 38-hizb379-саҳифа · 19-жуз · 38-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ٱذْهَبborборبِّكِتَـٰبِىmaktubimni olibмактубимни олибهَـٰذَاbuбуفَأَلْقِهْbas, uni tashlaбас, уни ташлаإِلَيْهِمْulargaуларгаثُمَّsoʻngraсўнграتَوَلَّchetga chiqчетга чиқعَنْهُمْulardanуларданفَٱنظُرْbas, nazar solбас, назар солمَاذَاnimaнимаيَرْجِعُونَqaytararlarқайтарарлар
TafsirТафсир

Bu tadbir Sulaymon alayhissalomning oʻtkir ilmli Paygʻambar va tadbirkor podshoh ekanliklarini koʻrsatib turibdi. Hozir u zot bir yoʻla ikki ishni qilmoqdalar: Hudhudning oʻzidan foydalanib, ham uning rostgoʻy yoki yolgʻonchiligini sinab koʻrmoqdalar, ham Sabaʼ mamlakatiga maktub yubormoqdalar. Lekin U kishi maktubda nima yozilganini birovga bildirmadilar.