QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Naml surasi · Oyatсураси · Оят29

قَالَتْ يَـٰٓأَيُّهَا ٱلْمَلَؤُا۟ إِنِّىٓ أُلْقِىَ إِلَىَّ كِتَـٰبٌ كَرِيمٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U (Malika): «Ey, a'yonlar! Menga karomatli bir maktub tashlandi.У (Малика): «Эй, аъёнлар! Менга кароматли бир мактуб ташланди.Alauddin Mansour: (Qachonki hudhud Sulaymonning maktubini olib kelib, malika Bilqiysning oldiga tashlagach) u dedi: «Ey odamlar, haqiqatan menga ulugʻ bir maktub tashlandi.(Қачонки ҳудҳуд Сулаймоннинг мактубини олиб келиб, малика Билқийснинг олдига ташлагач) у деди: «Эй одамлар, ҳақиқатан менга улуғ бир мактуб ташланди.

379-sahifa · 19-juz · 38-hizb379-саҳифа · 19-жуз · 38-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قَالَتْdedi (u ayol)деди (у аёл)يَـٰٓأَيُّهَاeyэйٱلْمَلَؤُا۟aʼyonlarаъёнларإِنِّىٓalbatta, mengaалбатта, менгаأُلْقِىَtashlandiташландиإِلَىَّmengaменгаكِتَـٰبٌۭbir maktubбир мактубكَرِيمٌkaromatliкароматли
TafsirТафсир

Oyatda Hudhud maktubni olib yoʻlga chiqqani, Sabaʼ mamlakatiga yetib kelib, saroyga yaqin joyga maktubni tashlab qoʻyib, oʻzi chetga chiqib turgani va u maktub malikaning qoʻliga qanday tushgani aytib oʻtirilmadi. Malika maktubni olib, u haqda aʼyonlariga xabar berayotgan joyidan gap davom ettirildi.

Malika aʼyonlariga maktub haqida xabar berishi uning oʻz odamlari bilan maslahatlashib ish koʻrishiga dalolat qiladi. Shu bilan birga, malika oʻzi sezgan belgilar asosida maktubning karomatli ekanini aytmoqda.

Malika soʻzida davom etdi: