قَالُوا۟ نَحْنُ أُو۟لُوا۟ قُوَّةٍ وَأُو۟لُوا۟ بَأْسٍ شَدِيدٍ وَٱلْأَمْرُ إِلَيْكِ فَٱنظُرِى مَاذَا تَأْمُرِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular: «Biz kuch-quvvat egalarimiz va shiddatli azmu shijoat egalarimiz. Ish o`zingga havola. Nima amr qilishingni o`ylab ko`r», dedilar.Улар: «Биз куч-қувват эгаларимиз ва шиддатли азму шижоат эгаларимиз. Иш ўзингга ҳавола. Нима амр қилишингни ўйлаб кўр», дедилар.Alauddin Mansour: Ular dedilar: «Bizlar kuch-quvvat va jurʼat-matonat egalaridirmiz. (Qanday ishga) buyurish sening oʻzingga havola. Bas, nimaga buyurishni oʻylab koʻraver, (bizlar esa senga itoat eturmiz)».Улар дедилар: «Бизлар куч-қувват ва журъат-матонат эгаларидирмиз. (Қандай ишга) буюриш сенинг ўзингга ҳавола. Бас, нимага буюришни ўйлаб кўравер, (бизлар эса сенга итоат этурмиз)».
Aʼyonlar fikr aytishdan qochib, amrni bajarishga tayyor turganlarini bildirdilar. Bizda kuch-quvvat, azmu shijoat yetarli, nima buyruq bersang, ado etishga tayyormiz, endi bu yogʻini oʻzing oʻylab, bir qarorga kelaver, deyishdi. Ana shundan keyin malika qarorini aytdi.