قَالَتْ إِنَّ ٱلْمُلُوكَ إِذَا دَخَلُوا۟ قَرْيَةً أَفْسَدُوهَا وَجَعَلُوٓا۟ أَعِزَّةَ أَهْلِهَآ أَذِلَّةً ۖ وَكَذَٰلِكَ يَفْعَلُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U: «Albatta, podshohlar biror shahar-qishloqqa kirsalar, uni vayron qilurlar va uning aziz ahllarini xor qilurlar. Ana shunday qilurlar.У: «Албатта, подшоҳлар бирор шаҳар-қишлоққа кирсалар, уни вайрон қилурлар ва унинг азиз аҳлларини хор қилурлар. Ана шундай қилурлар.Alauddin Mansour: U aytdi: «Aniqki podshohlar qachon biron qishloqqa (bostirib) kirsalar uni vayron eturlar, aholisining obroʻ-eʼtiborlilarini esa xor-zor qilurlar. Ularning qilmish-odatlari shudir.У айтди: «Аниқки подшоҳлар қачон бирон қишлоққа (бостириб) кирсалар уни вайрон этурлар, аҳолисининг обрў-эътиборлиларини эса хор-зор қилурлар. Уларнинг қилмиш-одатлари шудир.
Aʼyonlar jangga tayyor ekanliklarini bildirsalar ham, malika urushishni ixtiyor qilmadi.
Sulaymon alayhissalomning maktublaridagi soʻzlarni tekshirib koʻrmoqni istadi. Sulaymon alayhissalom podshohmi yoki Paygʻambarmi ekanini bilmoqchi boʻldi. Agar Sulaymon podshoh boʻlsa, oʻshanga yarasha ish koʻrish kerak. Chunki:
«Albatta, podshohlar biror shahar-qishloqqa kirsalar, uni vayron qilurlar».
Ularda oʻzga yurtlarni bosib olib, oʻziga tobe xalqlarni koʻpaytirish ragʻbati ustun boʻladi. Buning uchun hech narsadan qaytmaydilar. Ega boʻlish uchun shahar-qishloqlarni vayron ham qilaveradilar.
«...va uning aziz ahllarini xor qilurlar.»
Odatda, podshohlar oʻzlari vayron qilgan shahar-qishloqlardagi aziz, obroʻ-eʼtiborli kishilarni xor etadilar. Chunki, ular bosqinchi podshohga qarshi kurashga rahbarlik qilishlari mumkin.
«Ana shunday qilurlar.»
Yuqorida zikr etilgan amallar podshohlarga xos ishdir.
«Men ularga bir hadya yuborurman.»
Odatda, hadya qalbni yumshatadi. Yomon niyatlarni qaytaradi.
«...koʻray-chi, elchilar nima bilan qaytar ekanlar», dedi.»
Agar hadyani qabul etsa, mol-dunyo uchun intilgan va dinni unga vosita qilgan boʻladi. Hadyani qabul etmasa, molu dunyo uchun emas, dinu diyonat uchun harakat qilayotgan boʻladi. Ana shunga qarab tasarruf qilamiz.