ٱرْجِعْ إِلَيْهِمْ فَلَنَأْتِيَنَّهُم بِجُنُودٍ لَّا قِبَلَ لَهُم بِهَا وَلَنُخْرِجَنَّهُم مِّنْهَآ أَذِلَّةً وَهُمْ صَـٰغِرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: (Ey elchi!) Sen ularga qaytib bor. Bas, albatta, biz ular bas kela olmaydigan qo`shin ila borurmiz va u yerdan ularni xoru zor hollarida chiqarurmiz», dedi.(Эй элчи!) Сен уларга қайтиб бор. Бас, албатта, биз улар бас кела олмайдиган қўшин ила борурмиз ва у ердан уларни хору зор ҳолларида чиқарурмиз», деди.Alauddin Mansour: Sen (qavmingga) qaytib borib (aytginki, agar huzurimga boʻyinsungan hollarida kelmasalar) albatta biz ularga shunday qoʻshin bilan borurmizki, ular unga aslo bas kela olmaslar va albatta biz ularni (qishloqlaridan) magʻlub hollarida quvib chiqarurmiz».Сен (қавмингга) қайтиб бориб (айтгинки, агар ҳузуримга бўйинсунган ҳолларида келмасалар) албатта биз уларга шундай қўшин билан борурмизки, улар унга асло бас кела олмаслар ва албатта биз уларни (қишлоқларидан) мағлуб ҳолларида қувиб чиқарурмиз».
Sabaʼ malikasining elchisi hadyani olib kelib, Sulaymon alayhissalomga tutdi. Bu ish u zotga yoqmadi. Allohning yoʻliga qilgan daʼvatlarini qabul qilish oʻrniga molu dunyo bilan koʻngillarini olishga urinayotganlardan achchiqlari chiqdi. Elchiga qarab:
«Sizlar menga mol-dunyo ila madad bermoqchimisiz?!» dedilar.
Sizlarni iymon-Islomga chaqirgan odamning koʻnglini molu dunyo bilan olmoqchimisizlar?! Menga shuni ravo koʻrdingizmi?!
«Bas, Alloh menga bergan narsa sizga bergan narsadan yaxshidir.»
Sizga Alloh mol-dunyo bergan boʻlsa, menga mol-dunyoni ham, undan ming marta yaxshi paygʻambarlikni, ilmni ham bergan. Men sizlarning iymonga kelishingizni, Islomga kirishingizni talab qildim. Hadya yuborishingizni emas.
«Ammo sizlar hadyalaringiz bilan quvonursiz.»
Ushbu hadyalaringiz bilan ish bitirmoqchi boʻlasiz. Sizning fikringizdagi hayotning oʻlchovi shu.
«(Ey elchi!) Sen ularga qaytib bor.»
Sen menga hadya yuborganlarning oldiga qaytib bor va ularga aytib qoʻy, agar musulmon boʻlib kelmasalar:
«Bas, albatta, biz ular bas kela olmaydigan qoʻshin ila borurmiz va u yerdan ularni xoru zor hollarida chiqarurmiz», dedi».
Elchi qaytib borib, boʻlgan voqeani aytdi.
Soʻngra Sulaymon alayhissalom Sabaʼ malikasi odamlari bilan kelayotganidan xabardor boʻldilar va askarlarini toʻplab, soʻz boshladilar: