قَالَ عِفْرِيتٌ مِّنَ ٱلْجِنِّ أَنَا۠ ءَاتِيكَ بِهِۦ قَبْلَ أَن تَقُومَ مِن مَّقَامِكَ ۖ وَإِنِّى عَلَيْهِ لَقَوِىٌّ أَمِينٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Jinlardan bo`lgan Ifrit: «Men uni senga maqomingdan turguningcha keltirurman. Albatta, bunga quvvatim va ishonchim bor», dedi.Жинлардан бўлган Ифрит: «Мен уни сенга мақомингдан тургунингча келтирурман. Албатта, бунга қувватим ва ишончим бор», деди.Alauddin Mansour: (Shunda) jinlardan bir paxlavoni aytdi: «Men uni sen oʻrningdan turishingdan ilgari senga keltirurman. Albatta men bunga qodir va ishonchlidirman».(Шунда) жинлардан бир пахлавони айтди: «Мен уни сен ўрнингдан туришингдан илгари сенга келтирурман. Албатта мен бунга қодир ва ишончлидирман».
Arab tilida yomonlikda uchiga chiqqan va quvvatli jin-shayton «ifrit» deyiladi. Bu soʻz shaytonga oʻxshash odamga ham ishlatiladi. Sulaymon alayhissalomning mazkur gaplaridan keyin u kishining askarlaridan boʻlgan Ifrit:
«Men uni senga maqomingdan turguningcha keltirurman. Albatta, bunga quvvatim va ishonchim bor», dedi».
Aftidan, uning bu gapi Sulaymon alayhissalomga yoqmadi. Shunda: