QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Naml surasi · Oyatсураси · Оят40

قَالَ ٱلَّذِى عِندَهُۥ عِلْمٌ مِّنَ ٱلْكِتَـٰبِ أَنَا۠ ءَاتِيكَ بِهِۦ قَبْلَ أَن يَرْتَدَّ إِلَيْكَ طَرْفُكَ ۚ فَلَمَّا رَءَاهُ مُسْتَقِرًّا عِندَهُۥ قَالَ هَـٰذَا مِن فَضْلِ رَبِّى لِيَبْلُوَنِىٓ ءَأَشْكُرُ أَمْ أَكْفُرُ ۖ وَمَن شَكَرَ فَإِنَّمَا يَشْكُرُ لِنَفْسِهِۦ ۖ وَمَن كَفَرَ فَإِنَّ رَبِّى غَنِىٌّ كَرِيمٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kitobdan ilmi bor shaxs: «Men uni senga ko`zingni ochib yumguningcha keltirurman», dedi. Qachonki (Sulaymon) u(taxt)ning o`z huzurida qaror topganini ko`rgach: «Bu Robbimning fazlidandir. Men shukr qilamanmi yoki kufroni ne'mat qilamanmi, sinash uchundir. Kim shukr keltirsa, o`zi uchungina shukr qilur. Kim kufroni ne'mat qilsa, bas, Robbim behojat va karamli Zotdir», dedi.Китобдан илми бор шахс: «Мен уни сенга кўзингни очиб юмгунингча келтирурман», деди. Қачонки (Сулаймон) у(тахт)нинг ўз ҳузурида қарор топганини кўргач: «Бу Роббимнинг фазлидандир. Мен шукр қиламанми ёки куфрони неъмат қиламанми, синаш учундир. Ким шукр келтирса, ўзи учунгина шукр қилур. Ким куфрони неъмат қилса, бас, Роббим беҳожат ва карамли Зотдир», деди.Alauddin Mansour: Kitobdan ogohligi bor boʻlgan bir zot esa: «Men uni koʻzing oʻzingga qaytgunicha (yaʼni, koʻz ochib yumguncha) senga keltirurman», dedi. «Bu Parvardigorimning men shukr qilamanmi yoki kufroni neʼmat qilamanmi, imtihon etish uchun bergan fazlu-marhamatidandir. Kim shukr qilsa, bas, albatta u faqat oʻz (foydasi) uchun shukr qilur. Kim kufroni neʼmat qilsa, bas, albatta Parvardigorim (uning shukr qilishidan) behojat va fazlu-karam Egasidir».Китобдан огоҳлиги бор бўлган бир зот эса: «Мен уни кўзинг ўзингга қайтгунича (яъни, кўз очиб юмгунча) сенга келтирурман», деди. «Бу Парвардигоримнинг мен шукр қиламанми ёки куфрони неъмат қиламанми, имтиҳон этиш учун берган фазлу-марҳаматидандир. Ким шукр қилса, бас, албатта у фақат ўз (фойдаси) учун шукр қилур. Ким куфрони неъмат қилса, бас, албатта Парвардигорим (унинг шукр қилишидан) беҳожат ва фазлу-карам Эгасидир».

380-sahifa · 19-juz · 38-hizb380-саҳифа · 19-жуз · 38-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قَالَdediдедиٱلَّذِىshaxsшахсعِندَهُۥuning huzuridaунинг ҳузуридаعِلْمٌۭilmилмمِّنَ-dan-данٱلْكِتَـٰبِkitobкитобأَنَا۠menменءَاتِيكَsenga keltirurmanсенга келтирурманبِهِۦuniуниقَبْلَoldinолдинأَن-dan-данيَرْتَدَّqaytishiқайтишиإِلَيْكَsengaсенгаطَرْفُكَ ۚkoʻz qarashingкўз қарашингفَلَمَّاqachonkiқачонкиرَءَاهُuni koʻrgachуни кўргачمُسْتَقِرًّاqaror topgan holdaқарор топган ҳолдаعِندَهُۥoʻz huzuridaўз ҳузуридаقَالَdediдедиهَـٰذَاbuбуمِن-dan-данفَضْلِfazliфазлиرَبِّىRobbimningРоббимнингلِيَبْلُوَنِىٓmeni sinash uchunмени синаш учунءَأَشْكُرُshukr qilamanmiшукр қиламанмиأَمْyokiёкиأَكْفُرُ ۖkufroni neʼmat qilamanmiкуфрони неъмат қиламанмиوَمَنva kimва кимشَكَرَshukr keltirsaшукр келтирсаفَإِنَّمَاbas, albatta, faqatбас, албатта, фақатيَشْكُرُshukr qilurшукр қилурلِنَفْسِهِۦ ۖoʻzi uchunginaўзи учунгинаوَمَنva kimва кимكَفَرَkufroni neʼmat qilsaкуфрони неъмат қилсаفَإِنَّbas, albattaбас, албаттаرَبِّىRobbimРоббимغَنِىٌّۭbehojatdirбеҳожатдирكَرِيمٌۭkaramlidirкарамлидир
TafsirТафсир

Ulamolarimiz ushbu oyati karimada zikr qilingan: «kitobdan ilmi bor shaxs»ning kimligi haqida koʻpgina fikrlar aytganlar. Jumladan, u Tavrotni, Ismul Aʼzamni biladigan shaxs edi, oti Osif ibn Barxiyo edi, Lavhul Mahfuzdan xabari bor edi, degan gaplarni aytishgan. Lekin Qurʼoni Karim yoki Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning oʻzlari biror narsa aytmaganlaridan keyin, boshqa biror ishonchli ilmiy dalil boʻlmagach, Qurʼon iborasi bilan kifoyalanib, Alloh oʻsha shaxsni «kitobdan ilmi bor», deb aytibdi, u yogʻini Oʻzi biladi, deyishimiz toʻgʻridir.

Baʼzi bir ulamolar, «kitobdan ilmi bor shaxs» Sulaymon alayhissalomning oʻzlari, deganlar. Agar shunday boʻlganida, oyatda zikr qilinar edi. Zikr qilinmabdimi, demak, u boshqa shaxs.

Xullasi kalom, Ifritdan keyin «kitobdan ilmi bor shaxs» Sulaymon alayhissalomga:

«Men u(taxt)ni senga koʻzingni ochib yumguningcha keltirurman», dedi.

Men Ifritga oʻxshab gapni choʻzib oʻtirmayman.

Demak, Alloh taolo Sulaymon alayhissalomga qoʻlidan shunchalik ishlar keladigan maxluqlarni ham askar qilib qoʻygan ekan.

Darhaqiqat, oʻshanday boʻldi ham. Malikaning taxti keltirildi.

«Qachonki (Sulaymon) u(taxt)ning oʻz huzurida qaror topganini koʻrgach: «Bu Robbimning fazlidandir» dedi.»

Bir zumda roʻy bergan bu hodisa Sulaymon alayhissalomni shoshirib qoʻymadi. Oʻsha gʻaroyib ishni amalga oshirgan ilmli shaxs oʻz askarlari ekanidan u zot gʻururlanib ketmadilar. Huzurlarida Sabaʼ malikasining taxti turganini koʻrib, tugʻyonga bormadilar. Darhol dillariga, tillariga:

«Bu Robbimning fazlidandir», degan fikr, soʻz keldi. Va bu gaplari bilan, Allohning fazli boʻlmasa, bunaqa ish roʻy berishi mumkin emasligini juda yaxshi bilishlarini aytyaptilar. Shuningdek, Alloh taolo bunday fazlni behikmat bermasligini esladilar.

«Men shukr qilamanmi yoki kufroni neʼmat qilamanmi, sinash uchundir», dedilar.

Ha, Alloh taolo baʼzi bandalariga fazlidan biron neʼmat beradigan boʻlsa, unda sinov ham boʻladi. Qani, banda bu neʼmatga shukr qiladimi yo noshukr boʻladimi? Yana shuni ham unutmaslik kerakki, bunday neʼmatlarga shukr yoki kufroni neʼmat qilishning Allohga hech qanday foyda-zarari yoʻqdir. Nima boʻlsa, bandaning oʻziga boʻladi.

«Kim shukr keltirsa, oʻzi uchungina shukr qilur. Kim kufroni neʼmat qilsa, bas, Robbim behojat va karamli zotdir.»

Shukr qilgan savob oladi. Alloh unga beradigan neʼmatlarini yanada ziyoda qiladi. Kufroni neʼmat qilgan odam esa, gunohkor boʻladi va Alloh unga beradigan neʼmatlarini uzib qoʻyadi. Bandasining shukr qilishiga Allohning ehtiyoji yoʻq, u karamli zotdir. U neʼmatlarini Oʻz karami ila beradi, shukr uchun emas.

Sabaʼ malikasi yaqinlashib kelayotganda, Sulaymon alayhissalom yana bir chora koʻrishga qaror qildilar.