فَلَمَّا جَآءَتْ قِيلَ أَهَـٰكَذَا عَرْشُكِ ۖ قَالَتْ كَأَنَّهُۥ هُوَ ۚ وَأُوتِينَا ٱلْعِلْمَ مِن قَبْلِهَا وَكُنَّا مُسْلِمِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Qachonki u kelganida: «Sening taxting shundaymi?» deyildi. U: «Xuddi o`shaning o`zi», dedi. «Bizga bundan ilgari ilm berilgan edi va musulmon bo`lgan edik».Қачонки у келганида: «Сенинг тахтинг шундайми?» дейилди. У: «Худди ўшанинг ўзи», деди. «Бизга бундан илгари илм берилган эди ва мусулмон бўлган эдик».Alauddin Mansour: Endi qachonki u kelgach: «Sening taxting shundaymidi?», deyildi. U (hayratga tushib): «Xuddi oʻshaning oʻzi-ku», dedi. (Shunda Sulaymon aytdi: «Alhamdulillohki), bizlarga undan ilgari ilm-maʼrifat berilib, musulmon boʻlganmiz.Энди қачонки у келгач: «Сенинг тахтинг шундаймиди?», дейилди. У (ҳайратга тушиб): «Худди ўшанинг ўзи-ку», деди. (Шунда Сулаймон айтди: «Алҳамдулиллоҳки), бизларга ундан илгари илм-маърифат берилиб, мусулмон бўлганмиз.
Sabaʼ malikasi taxtni koʻrib, oʻzinikiga oʻxshatdi. Meniki, desa, Sabaʼda qolgan taxt oʻzidan oldin qanday qilib bu yerda paydo boʻladi? Meniki emas, desa, oʻzinikidan hech farqi yoʻq. Shuning uchun:
«Xuddi oʻshaning oʻzi», deb, ikki tomonga bursa ham boʻlaveradigan javob qildi. Bu, malikaning zakovatini koʻrsatadi.
Oyati karimadagi:
«Bizga bundan ilgari ilm berilgan edi va musulmon boʻlgan edik», degan jumlani baʼzi tafsirchilarimiz Sabaʼ malikasiga nisbat bersalar, boshqalari Sulaymon alayhissalomga tegishli, deyishadi.