QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Naml surasi · Oyatсураси · Оят55

أَئِنَّكُمْ لَتَأْتُونَ ٱلرِّجَالَ شَهْوَةً مِّن دُونِ ٱلنِّسَآءِ ۚ بَلْ أَنتُمْ قَوْمٌ تَجْهَلُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Siz, albatta, ayollarni qo`yib, erkaklarga shahvat ila yaqinlik qilasizmi?! Yo`q! Siz johillik qilayotgan qavmdirsiz!» dedi.Сиз, албатта, аёлларни қўйиб, эркакларга шаҳват ила яқинлик қиласизми?! Йўқ! Сиз жоҳиллик қилаётган қавмдирсиз!» деди.Alauddin Mansour: Sizlar xotinlaringizni qoʻyib, shahvat bilan erkaklarga yaqinlashurmisizlar?! Yoʻq, sizlar johil qavmdirsiz!»Сизлар хотинларингизни қўйиб, шаҳват билан эркакларга яқинлашурмисизлар?! Йўқ, сизлар жоҳил қавмдирсиз!»

381-sahifa · 19-juz · 38-hizb381-саҳифа · 19-жуз · 38-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أَئِنَّكُمْalbatta, sizlarmiалбатта, сизлармиلَتَأْتُونَyaqinlik qilasizlarяқинлик қиласизларٱلرِّجَالَerkaklargaэркакларгаشَهْوَةًۭshahvat ilaшаҳват илаمِّنqoʻyibқўйибدُونِoʻrnigaўрнигаٱلنِّسَآءِ ۚayollarniаёлларниبَلْyoʻq!йўқ!أَنتُمْsizlarсизларقَوْمٌۭqavmdirsizқавмдирсизتَجْهَلُونَjohillik qilayotganжоҳиллик қилаётган
TafsirТафсир

Solih alayhissalom qissasida boʻlgani kabi, Lut alayhissalom qissalaridan ham ushbu suraning siyoqiga mos parcha keltirilmoqda. Lut alayhissalom qavmlari bilan faqat ularning bachchabozligi haqida tortishganliklari zikr etilmoqda, xolos. Alloh taolo Lut alayhissalomni ham qavmlariga Paygʻambar qilib yuborganida, u zot qavmga qarab:

«Siz koʻrib-bilib turib, fohisha ish qilasizmi?!» dedilar.

U jinoyatchi qavmning «fohisha ishi» bachchabozlik–erkak kishilarning bir-biri bilan jinsiy aloqa qilishi edi. Bu ishlari na hayvoniy, na insoniy tabiatga toʻgʻri kelmaydigan ish edi. Alloh taolo dunyodagi hamma jonzotlarni, narsalarni, hayvonlarni bir- biriga bogʻliq, bir-biriga mos, bir-biridan manfaat oladigan qilib yaratgan. Shu jumladan, insonlarda jinsiy aloqa masalasini erkak va ayolga bogʻlab qoʻygan. Haqiqiy jinsiy aloqa, lazzat, undan keladigan samara–farzand ana oʻsha tabiiy aloqa orqali vujudga keladi. Bachchabozlik esa, unga tamoman teskaridir. Shuning uchun ham, bu ishga faqat insoniylik tabiatidan chiqqanlargina mubtalo boʻladilar. Ular amallari insoniy tabiatga xilof ekanini yaxshi biladilar. Ammo koʻrib-bilib turib, yana qilaveradilar. Lut alayhissalomning oʻz qavmiga qarata qilgan xitoblarida ana shu maʼnolar bor. Ul zot alayhissalom soʻzlarining davomida «fohisha ish» nimadan iborat ekanini ochiq aytmoqdadir:

«Siz ayollarni qoʻyib, erkaklarga shahvat ila yaqinlik qilasizmi?!»

Mana shu gapning oʻzi ularning kim ekanini aniq bayon qilmoqda, boshqa hech qanday izohga hojat yoʻq. Erkak kishining ayolga shahvoniy yaqinlik qilishi hammaga maʼlum va tabiiy narsa, ammo erkak bilan erkak shahvoniy yaqinlik qilishi aqlga sigʻmaydigan ish. Hatto vahshiy hayvonlar ham bunday qilmaydi. Faqat odam shaklida yurgan, lekin tabiiylikdan chetga chiqqan maxluqlargina bunaqa tubanlikka boradi.

«Yoʻq! Siz johillik qilayotgan qavmdirsiz!»

Shunday boʻlmaganida, bu ishni qilmas edingiz.

Lut alayhissalomning bu ayblovlariga qavmi qanday javob berdi?