QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Naml surasi · Oyatсураси · Оят58

وَأَمْطَرْنَا عَلَيْهِم مَّطَرًا ۖ فَسَآءَ مَطَرُ ٱلْمُنذَرِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va ularning ustlariga bir yomg`ir yog`dirdikki, bas, ogohlantirilganlarning azobi qanday ham yomon bo`ldi.Ва уларнинг устларига бир ёмғир ёғдирдикки, бас, огоҳлантирилганларнинг азоби қандай ҳам ёмон бўлди.Alauddin Mansour: Va ularning ustiga bir yomgʻir (yaʼni, tosh yogʻdirdik). Bas, (azobdan) ogohlantirilguvchilar yomgʻiri naqadar yomon boʻldi!Ва уларнинг устига бир ёмғир (яъни, тош ёғдирдик). Бас, (азобдан) огоҳлантирилгувчилар ёмғири нақадар ёмон бўлди!

382-sahifa · 20-juz · 39-hizb382-саҳифа · 20-жуз · 39-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَأَمْطَرْنَاva yogʻdirdikва ёғдирдикعَلَيْهِمularning ustlarigaуларнинг устларигаمَّطَرًۭا ۖbir yomgʻirбир ёмғирفَسَآءَbas, yomon boʻldiбас, ёмон бўлдиمَطَرُyomgʻiriёмғириٱلْمُنذَرِينَogohlantirilganlarningогоҳлантирилганларнинг
TafsirТафсир

Va jinoyatchi Lut qavmining ustidan tosh yogʻdirdik. Hammalari halok boʻldilar. Ogohlantirishlarga qaramay, jinoyatda bardavom boʻlganlarning oqibati shunday boʻladi.

«...bas, ogohlantirilganlarning azobi qanday ham yomon boʻldi.»

Shu bilan oʻtgan Paygʻambarlar va ularning ummatlari haqidagi qissalar tamom boʻladi. Muso, Dovud, Sulaymon, Solih va Lut alayhimussalomlarning qissalaridan keyin, yana suraning avvalidagi mavzuga qaytiladi. Yana aqiyda masalasiga, Allohning qudratiga dalolat qiluvchi jarayonlarga eʼtibor tortiladi, turli masalalar muolaja etiladi. Avvalo, Muhammad sollallohu alayhi vasallamga xitob qilinadi: