قُلِ ٱلْحَمْدُ لِلَّهِ وَسَلَـٰمٌ عَلَىٰ عِبَادِهِ ٱلَّذِينَ ٱصْطَفَىٰٓ ۗ ءَآللَّهُ خَيْرٌ أَمَّا يُشْرِكُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen: «Allohga hamd bo`lsin va U tanlab olgan bandalariga salom bo`lsin. Alloh yaxshimi yoki ular shirk keltirayotgan narsalarmi?» degin.Сен: «Аллоҳга ҳамд бўлсин ва У танлаб олган бандаларига салом бўлсин. Аллоҳ яхшими ёки улар ширк келтираётган нарсаларми?» дегин.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), ayting: «Allohga hamdu sano boʻlsin va Uning Oʻzi (paygʻambarlik uchun) tanlagan bandalariga duo-yu salom boʻlsin». Alloh yaxshiroqmi yoki ular (Makka mushriklari Allohga) sherik qilayotgan butlarimi?!(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), айтинг: «Аллоҳга ҳамду сано бўлсин ва Унинг Ўзи (пайғамбарлик учун) танлаган бандаларига дуо-ю салом бўлсин». Аллоҳ яхшироқми ёки улар (Макка мушриклари Аллоҳга) шерик қилаётган бутларими?!
Alloh taolo ushbu oyatda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga har bir gapni boshlashdan oldin aytish lozim boʻlgan muborak soʻzlarni oʻrgatmoqda:
«Alhamdu lillah»–«Allohga hamd boʻlsin», deb aytishni buyurmoqda.
Demak, kalomning boshi shu soʻzlar boʻlishi kerak. Soʻngra, Alloh tanlab olgan bandalarga, tanlab olib, Paygʻambar qilib joʻnatgan bandalarga salovot va salom aytishni buyurmoqda.
«…...va U tanlab olgan bandalariga salom boʻlsin», degin.
Keyin xohlagan gap gapirilaveradi.
Oyatda asosiy eʼtibor quyidagi savolga qaratilgan:
«Alloh yaxshimi yoki ular shirk keltirayotgan narsalarmi?»
Ochiq-oydin savol. Bir tomonda, barkamol sifatlari bilan Alloh subhanahu va taolo. Ikkinchi tomonda, mushriklar unga sherik qilayotgan tosh, yogʻoch, loydan yasalgan jonsiz but-sanamlar, turli hayvonlar, odamlar, jinlar, farishtalar va boshqalar. Qaysi biri yaxshi? Bu savolga javob kutib oʻtirishning hojati yoʻq. Hamma narsa shundoq ham maʼlum. Shu sababli, bevosita ikkinchi savolga oʻtilyapti: