أَمَّنْ خَلَقَ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ وَأَنزَلَ لَكُم مِّنَ ٱلسَّمَآءِ مَآءً فَأَنۢبَتْنَا بِهِۦ حَدَآئِقَ ذَاتَ بَهْجَةٍ مَّا كَانَ لَكُمْ أَن تُنۢبِتُوا۟ شَجَرَهَآ ۗ أَءِلَـٰهٌ مَّعَ ٱللَّهِ ۚ بَلْ هُمْ قَوْمٌ يَعْدِلُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yoki osmonlaru yerni yaratgan, sizlarga osmondan suv tushirgan Zotmi? Bas, Biz u(suv) bilan go`zal bog`lar o`stirdik. Siz o`zingiz uning daraxtini o`stira olmas edingiz. Alloh bilan birga boshqa iloh bormi?! Yo`q, ular o`zlari tenglashtiradigan qavmdirlar.Ёки осмонлару ерни яратган, сизларга осмондан сув туширган Зотми? Бас, Биз у(сув) билан гўзал боғлар ўстирдик. Сиз ўзингиз унинг дарахтини ўстира олмас эдингиз. Аллоҳ билан бирга бошқа илоҳ борми?! Йўқ, улар ўзлари тенглаштирадиган қавмдирлар.Alauddin Mansour: Yoki osmonlar va Yerni yaratgan hamda sizlar uchun osmondan suv-yomgʻir yogʻdirib, uning yordamida goʻzal bogʻlarni oʻstirgan Zotmi?! Sizlar uchun u (bogʻlarning) dov-daraxtini oʻstirish imkoni yoʻq edi. Alloh bilan birga yana biron iloh bormi?! Yoʻq, ular (Allohga oʻzgalarni) teng biladigan qavmdirlar!Ёки осмонлар ва Ерни яратган ҳамда сизлар учун осмондан сув-ёмғир ёғдириб, унинг ёрдамида гўзал боғларни ўстирган Зотми?! Сизлар учун у (боғларнинг) дов-дарахтини ўстириш имкони йўқ эди. Аллоҳ билан бирга яна бирон илоҳ борми?! Йўқ, улар (Аллоҳга ўзгаларни) тенг биладиган қавмдирлар!
Qani aytinglar-chi, oʻsha turli-tuman soxta xudolaringiz yaxshimi
«Yoki osmonlaru yerni yaratgan, sizlarga osmondan suv tushirgan Zotmi?»
Qaysi biri yaxshi? Hech narsani, hatto bitta pashshani ham yarata olmaydigan soxta xudolar qayoqdayu osmonlaru yerni yaratgan qodir Alloh qayoqda!
Sizga hech narsani rizq yoki neʼmat qilib bera olmaydigan soxta xudolar yaxshimi yoki osmondan sizga suv tushirib, butun rizqu roʻzingizga sabab qilgan Zot yaxshimi?
«Bas, Biz u (suv) bilan goʻzal bogʻlar oʻstirdik.»
Ha, Oʻzimiz osmondan tushirgan suv bilan Oʻzimiz goʻzal bogʻlarni oʻstirdik. Siz uning mevasidan yeysiz. Hayvonlaringizga-da berasiz. Goʻzalligidan zavqlanasiz. Soyasida istirohat qilasiz. Yana qanchadan qancha manfaatlar olasiz. Xoʻsh, bu goʻzal bogʻlarni sizga oʻsha soxta xudolaringiz oʻstirib berdimi? Yoki oʻzingiz oʻstirib oldingizmi?
«Siz oʻzingiz uning daraxtini oʻstira olmas edingiz.»
Nabototlar qanday oʻsadi, ulgʻayadi, gulga kiradi, meva qiladi, hech kim hozirgacha bilmaydi. Insonning ishi baʼzi bir xizmatlarini qilish, xolos. Boshqa vaqtda nabototlarda yuz berayotgan jarayonlar nimaligini bilmasdan, unga aralasha olmay, qarab turishdan boshqa ish qoʻlidan kelmaydi. Oʻsimliklarning oʻsish jarayoni haqida tasavvurga ega boʻlmagan inson qanday qilib uni oʻstira olar edi?! Bularning hammasini faqat Alloh taoloning yakka Oʻzi qiladi, xolos. Shunday boʻlsa ham, Allohga shirk keltirasizmi?
«Alloh bilan birga boshqa iloh bormi?!»
Allohga teng kela oladigan biror zot boʻlishi mumkinmi?!
«Yoʻq, ular oʻzlari tenglashtiradigan qavmdirlar.»
Yoʻq! Allohdan boshqa iloh yoʻq. Ammo mushriklarning oʻzlari Allohga boshqani tenglashtiradigan qavmdirlar. Ular qadimdan shunaqa kasalga chalinganlar.