QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Naml surasi · Oyatсураси · Оят61

أَمَّن جَعَلَ ٱلْأَرْضَ قَرَارًا وَجَعَلَ خِلَـٰلَهَآ أَنْهَـٰرًا وَجَعَلَ لَهَا رَوَٰسِىَ وَجَعَلَ بَيْنَ ٱلْبَحْرَيْنِ حَاجِزًا ۗ أَءِلَـٰهٌ مَّعَ ٱللَّهِ ۚ بَلْ أَكْثَرُهُمْ لَا يَعْلَمُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yoki yerni qarorgoh etgan, uning uzra anhorlar qilgan, unga tog`lar qilgan va ikki dengiz o`rtasida to`siq qilgan Zotmi?! Alloh bilan birga boshqa iloh bormi?! Yo`q, ularning ko`plari bilmaslar.Ёки ерни қароргоҳ этган, унинг узра анҳорлар қилган, унга тоғлар қилган ва икки денгиз ўртасида тўсиқ қилган Зотми?! Аллоҳ билан бирга бошқа илоҳ борми?! Йўқ, уларнинг кўплари билмаслар.Alauddin Mansour: Yoki Yerni (barcha jonzotlar uchun) qarorgoh qilib, uning oʻrtasida daryolar paydo qilgan va uning uchun tutqi-togʻlar barpo qilgan hamda ikki (yaʼni, shoʻr-chuchuk) dengiz-daryo oʻrtasida toʻsiq-toʻgʻon insho qilgan Zotmi?! Alloh bilan birga yana biron iloh bormi?! Yoʻq, ularning koʻplari bilmaydilar!Ёки Ерни (барча жонзотлар учун) қароргоҳ қилиб, унинг ўртасида дарёлар пайдо қилган ва унинг учун тутқи-тоғлар барпо қилган ҳамда икки (яъни, шўр-чучук) денгиз-дарё ўртасида тўсиқ-тўғон иншо қилган Зотми?! Аллоҳ билан бирга яна бирон илоҳ борми?! Йўқ, уларнинг кўплари билмайдилар!

382-sahifa · 20-juz · 39-hizb382-саҳифа · 20-жуз · 39-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أَمَّنyoki kimёки кимجَعَلَqilganқилганٱلْأَرْضَyerniерниقَرَارًۭاqarorgohқароргоҳوَجَعَلَva qilganва қилганخِلَـٰلَهَآuning uzraунинг узраأَنْهَـٰرًۭاanhorlarанҳорларوَجَعَلَva qilganва қилганلَهَاungaунгаرَوَٰسِىَtogʻlarтоғларوَجَعَلَva qilganва қилганبَيْنَoʻrtasidaўртасидаٱلْبَحْرَيْنِikki dengizикки денгизحَاجِزًا ۗtoʻsiqтўсиқأَءِلَـٰهٌۭiloh bormiилоҳ бормиمَّعَbilan birgaбилан биргаٱللَّهِ ۚAllohАллоҳبَلْyoʻq!йўқ!أَكْثَرُهُمْularning koʻplariуларнинг кўплариلَاemasэмасيَعْلَمُونَbilurlarбилурлар
TafsirТафсир

Ey, mushriklar, qani ayting-chi, sizning oʻsha turli-tuman, qoʻlidan hech ish kelmaydigan soxta xudolaringiz yaxshimi

«Yoki yerni qarorgoh etgan» Zotmi?

Oʻzimiz yashab turgan yerni qaraylik. Undagi sanoqsiz moʻʼjizalarni sanab oʻtirmaylik-da, birgina xususiyatini, uning «qarorgoh»ligini olib koʻraylik. Allohga kufr keltirayotgan insonga ham qarorgoh boʻlib turganiga eʼtibor beraylik. Yer inson uchun qarorgoh. Yerda inson hayot kechirishi uchun hamma narsa muhayyo. Bularni kim qilgan? Soxta xudolarmi yoki insonning oʻzimi? Yer bilan quyosh orasidagi masofa ozgina uzaysa, yer muzlab qolishi yoki, aksincha, oraliq masofa ozgina kamaysa, yer kuyib ketishi ilmiy haqiqatdir. Xoʻsh, yerni bunday aniq oʻlchov bilan quyoshdan maʼlum darajadagi uzoqlikka kim qoʻydiyu kim uni ushlab turibdi?

Nafas olishni ham bir oʻylab koʻraylik. Inson nafas olishi uchun havoni kim yetkazib bermoqda? Agar inson ozgina balandlikka koʻtarilsa, nafas olishi qiyinlashadi. Fazoga uchayotgan kemalar maxsus idishlarda havo olib ketayotgani shundan. Oʻsha yerda inson ogʻirligini ham yoʻqotib, muallaq uchib yuradi. Aksincha, inson yer qaʼriga tushib borsa ham, nafas ololmay qiynaladi. Mana shu misollarning oʻziyoq yerning biz yashab turgan qatlamini insonga va boshqa sonsiz-sanoqsiz maxluqotlarga qarorgoh qilib qoʻygan zot Alloh ekanini, Undan oʻzga hech kim bu ishlarni qila olmasligini anglab yetishimizga kifoya boʻlishi kerak.

Alloh taolo yerni faqat qarorgoh etibgina qolmay, yana

«uning uzra anhorlar qilgan» hamdir.

Daryo va anhorlar yerning hayot tomiri. Qayerda daryo boʻlsa, qayerda anhor oqsa, oʻsha yerda hayot bor. Oʻsha yerda obodonchilik, ekintikin va boshqa narsalar boʻladi. Yer yuzida qanchadan-qancha daryo va anhorlar bor. Ularni kim vujudga keltirgan? Ularni kim qazib, kim suvini oqizib qoʻygan? Soxta xudolarmi? Yoki insonning oʻzimi? Agar ular hammalari toʻplanib, hamma imkoniyatlarini ishga solib, jon-jahdlari bilan harakat qilsalar, bir hoʻplam suvni yoʻqdan yarata olarmikinlar? Albatta, yarata olmaydilar. Shunday boʻlganidan keyin, Allohga iymon keltirib, Uning yagona ibodatga sazovor zot ekanini tan olishsa boʻlmaydimi?

Alloh yer yuzida faqat anhorlarni oqizib qoʻygan emas, balki

«unga togʻlar qilgan» zot hamdir.

Yer yuzidagi ulugʻvor, sobit togʻlarni kim paydo qilgan? Soxta xudolarmi yoki odamlarning oʻzimi? Daryo va anhorlarning suvi ham oʻsha togʻlardan keladi. Shu bilan birga, boshqa oyatlarda aytilganidek, togʻlar qoziq boʻlib, yerning muvozanatini ushlab turadi. Ularda inson uchun yana qanchadan-qancha manfaatlar bor. Bularning hammasini yaratgan Allohning qudratiga tan bermasdan yurganlarga hayronsan.

Shu bilan birga, Alloh taolo

«ikki dengiz oʻrtasida toʻsiq qilgan» zotdir.

Ikki dengiz–dengiz va daryodir. Alloh ular oʻrtasiga tabiiy toʻsiq tortib qoʻyibdi. Birining suvi ikkinchisiga quyiladi, ammo aralashib ketmaydi: daryoning chuchuk suvi shoʻr, dengizning shoʻr suvi chuchuk boʻlib qolmaydi. Chunki, Alloh ularning oʻrtasiga tabiiy toʻsiq tortib qoʻygan.

Buni Allohdan boshqa kim qila oladi? Soxta xudolarmi yoki kofir va mushriklarmi? Yoʻq! Hech kim qila olmaydi. Qila oladiganlar boʻlsa, aytsinlar!

«Alloh bilan birga boshqa iloh bormi?!»

Qani, mushriklar javob bersinlar!

«Yoʻq, ularning koʻplari bilmaslar.»

Ularda ilm degan narsaning asari ham yoʻq. Boʻlmasa, Allohga turli narsalarni shirk keltirib yurarmidilar!