QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Naml surasi · Oyatсураси · Оят62

أَمَّن يُجِيبُ ٱلْمُضْطَرَّ إِذَا دَعَاهُ وَيَكْشِفُ ٱلسُّوٓءَ وَيَجْعَلُكُمْ خُلَفَآءَ ٱلْأَرْضِ ۗ أَءِلَـٰهٌ مَّعَ ٱللَّهِ ۚ قَلِيلًا مَّا تَذَكَّرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yoki muztar(nochor) odam duo qilganda ijobat etib, uning mushkulini oson qilgan hamda sizni yer yuzida xalifa qilgan Zot yaxshimi?! Alloh bilan birga boshqa iloh bormi? Qanchalik oz eslaysizlar-a?!Ёки музтар(ночор) одам дуо қилганда ижобат этиб, унинг мушкулини осон қилган ҳамда сизни ер юзида халифа қилган Зот яхшими?! Аллоҳ билан бирга бошқа илоҳ борми? Қанчалик оз эслайсизлар-а?!Alauddin Mansour: Yoki muztar-nochor odam duo-iltijo qilgan vaqtida (duosini) ijobat qiladigan va (uning) mushkulini oson qiladigan hamda sizlarni Yerning xalifa-egalari qiladigan Zotmi?! Alloh bilan birga yana biron iloh bormi?! Kamdan-kam eslatma-ibrat olursizlar!Ёки музтар-ночор одам дуо-илтижо қилган вақтида (дуосини) ижобат қиладиган ва (унинг) мушкулини осон қиладиган ҳамда сизларни Ернинг халифа-эгалари қиладиган Зотми?! Аллоҳ билан бирга яна бирон илоҳ борми?! Камдан-кам эслатма-ибрат олурсизлар!

382-sahifa · 20-juz · 39-hizb382-саҳифа · 20-жуз · 39-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أَمَّنyoki kimёки кимيُجِيبُijobat etarижобат этарٱلْمُضْطَرَّmuztar-nochorgaмузтар-ночоргаإِذَاqachonkiқачонкиدَعَاهُunga duo qilsaунга дуо қилсаوَيَكْشِفُva aritarва аритарٱلسُّوٓءَmushkulni (yomonlikni)мушкулни (ёмонликни)وَيَجْعَلُكُمْva sizni qilarва сизни қиларخُلَفَآءَxalifalarхалифаларٱلْأَرْضِ ۗyer yuzidaер юзидаأَءِلَـٰهٌۭiloh bormiилоҳ бормиمَّعَbilan birgaбилан биргаٱللَّهِ ۚAllohАллоҳقَلِيلًۭاozginaозгинаمَّاqanchalikқанчаликتَذَكَّرُونَeslaysizlar-aэслайсизлар-а
TafsirТафсир

Ey, mushriklar, qani ayting-chi, qoʻlidan hech narsa kelmaydigan soxta xudolaringiz yaxshimi

«Yoki muztar(nochor) odam duo qilganda ijobat etib, uning mushkulini oson qilgan» zotmi?

Rohat-farogʻat vaqtida Allohni xayoliga keltirmaydiganlar ham, Allohni umuman inkor etadiganlar ham, xudolik daʼvosini qiladiganlar ham nochor qolgan vaqtlarida, hech iloj topa olmay, hamma tayanchlardan umidlari uzilgan paytda Allohga yolboradilar. Hayoti qil ustida qolganda, ahvoli ogʻirlashib, hech bir iloj topolmay turgan vaqtda Allohdan yordam soʻraydilar. Bu holat har bir insonning hayotida boʻladi. Inson bu dunyoda oʻzini bogʻlagan narsalardan uzilganida Allohga yuzlanadi, Unga bogʻlanadi. Mana shu holatning oʻzi Allohning borligiga, yagona ilohligiga dalildir. Chunki, Allohdan oʻzga soxta xudolari uning duosini eshitmaydi, ijobat ham qila olmaydi. Faqat birgina zot duoni eshitib, ijobat qilishga qodir. U ham boʻlsa, Alloh taoloning Oʻzidir. Muztar boʻlgan paytda boshqa hamma narsani qoʻyib, yagona Allohga iltijo qilish inson tabiatiga juda xosdir.

Alloh taolo nochor insonning duosini eshitib, uni istijobat qilish bilangina kifoyalanib qolmaydi, balki fazli ila insonni Oʻzining yer yuzidagi xalifasi–oʻrinbosari etib saylab qoʻygandir. Shuning uchun ham, savolning davomida:

«hamda sizni yer yuzida xalifa qilgan Zot yaxshimi?!» deyilmoqda.

Darhaqiqat, insonni yer yuzida xoʻjayin qilib qoʻygan kim oʻzi? Insonga yer yuzidagi hamma mavjudotni beminnat xizmatkor qilib qoʻygan kim oʻzi? Insonga yer yuzidagi barcha narsalardan foydalanish qobiliyatini bergan zot kim oʻzi? Umuman, insonni yoʻqdan bor qilgan kim oʻzi? Oʻsha soxta xudolarmi yoki Alloh taolomi? Albatta, Alloh taolo. Shunday ekan:

«Alloh bilan birga boshqa iloh bormi?»

Shuning uchun mushriklar Allohga shirk keltirishyaptimi?

Yoʻq, Allohdan boshqa iloh boʻlishi mumkin emas. Ammo buni mushriklar eslamaydilar. Shuning uchun ham, oyat oxirida ularga:

«Qanchalik oz eslaysizlar-a?!» deyilmoqda.