أَمَّن يَهْدِيكُمْ فِى ظُلُمَـٰتِ ٱلْبَرِّ وَٱلْبَحْرِ وَمَن يُرْسِلُ ٱلرِّيَـٰحَ بُشْرًۢا بَيْنَ يَدَىْ رَحْمَتِهِۦٓ ۗ أَءِلَـٰهٌ مَّعَ ٱللَّهِ ۚ تَعَـٰلَى ٱللَّهُ عَمَّا يُشْرِكُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yoki sizlarni quruqlik va dengiz zulmatlarida to`g`ri yo`lga soladigan hamda O`z rahmati oldidan shamollarni xushxabar qilib yuboradigan Zotmi?! Alloh bilan birga boshqa iloh bormi?! Alloh ular shirk keltirayotgan narsalardan oliydir.Ёки сизларни қуруқлик ва денгиз зулматларида тўғри йўлга соладиган ҳамда Ўз раҳмати олдидан шамолларни хушхабар қилиб юборадиган Зотми?! Аллоҳ билан бирга бошқа илоҳ борми?! Аллоҳ улар ширк келтираётган нарсалардан олийдир.Alauddin Mansour: Yoki sizlarga quruqlik va dengiz zulmatlarida toʻgʻri yoʻlni koʻrsatadigan va Oʻz rahmati-yomgʻiri oldidan shamollarni xushxabar qilib joʻnatadigan Zotmi?! Alloh bilan birga yana biron iloh bormi?! Alloh ularning shirk keltirgan narsalaridan yuksakdir!Ёки сизларга қуруқлик ва денгиз зулматларида тўғри йўлни кўрсатадиган ва Ўз раҳмати-ёмғири олдидан шамолларни хушхабар қилиб жўнатадиган Зотми?! Аллоҳ билан бирга яна бирон илоҳ борми?! Аллоҳ уларнинг ширк келтирган нарсаларидан юксакдир!
Ey, mushriklar, qani ayting-chi, sizning qoʻlidan hech narsa kelmaydigan oʻsha turli-tuman soxta xudolaringiz yaxshimi
«Yoki sizlarni quruqlik va dengiz zulmatlarida toʻgʻri yoʻlga soladigan» zotmi?!
Odamlar doimo quruqlik va dengizda safar qilib keladi. Koʻzlangan manzillarga yetish uchun turli yoʻllardan yurishadi. Ilojini qilib, oʻsha joyni topib borishadi. Xoʻsh, oʻsha safarlarda yoʻl topish qobiliyatini insonga kim berdi? Yoʻlni aniqlashda yordam beradigan aql, koʻz, quloqni-chi? Turli belgilarga, yulduzlarga, asboblarga qarab yoʻl topishni unga kim oʻrgatdi? Soxta xudolarmi? Yoki Alloh taolomi? Albatta, Alloh taolo. Shunday boʻlsa, yana:
«Alloh bilan birga boshqa iloh bormi?!»
Yoʻq, albatta. Ammo mushriklar johillik qilib, Allohga shirk keltiradilar.
«Alloh ular shirk keltirayotgan narsalardan oliydir.»
U zot Unga biror sherik boʻlish aybidan pokdir.